DAVLAT TA’LIM MUASSASALARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI SAMARALI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH MASALALARI
##semicolon##
Kalit so‘zlar: davlat ta’lim muassasasi, buxgalteriya hisobi, budjet hisobi, budjet mablag‘lari, xarajatlar smetasi, moliyaviy hisobot, ichki nazorat, raqamlashtirish, elektron hujjat aylanishi, avtomatlashtirish, moliyaviy shaffoflik.##common.commaListSeparator## Keywords: public educational institution, accounting, budget accounting, budgetary funds, expenditure estimates, financial reporting, internal control, digitalization, electronic document management, automation, financial transparency.Annotatsiya
Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat ta’lim muassasalarida buxgalteriya hisobini samarali tashkil etish va uni rivojlantirishning nazariy hamda amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Davlat ta’lim muassasalarida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar harakatini hisobga olish, xarajatlar smetasi ijrosini nazorat qilish, asosiy vositalar va tovar-moddiy zaxiralar hisobini yuritish, ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash masalalari yoritilgan. Buxgalteriya hisobini raqamlashtirish, elektron hujjat aylanishini rivojlantirish, hisob jarayonlarini avtomatlashtirish va ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirishning ahamiyati asoslangan. Shuningdek, buxgalteriya axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish, moliyaviy operatsiyalarni riskka asoslangan yondashuv asosida nazorat qilish, hisob ma’lumotlarining tezkorligi, shaffofligi va tahliliy imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Taklif etilayotgan yo‘nalishlarning amalga oshirilishi davlat ta’lim muassasalarida moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, buxgalteriya hisobi sifatini oshirish va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga xizmat qilishi asoslab berilgan.
Abstract. This article examines the theoretical and practical aspects of the effective organization and further development of accounting in public educational institutions of the Republic of Uzbekistan. The study considers the accounting of budgetary and extra-budgetary funds, control over the execution of expenditure estimates, accounting for fixed assets and inventories, payroll settlements, and ensuring the reliability of financial reporting. The importance of accounting digitalization, electronic document management, automation of accounting processes, and improvement of internal control mechanisms is substantiated. Particular attention is paid to the integration of accounting information systems, the application of a risk-based approach to financial control, and improvements in the timeliness, transparency, reliability, and analytical value of accounting information. The article proposes directions for further improving accounting practices aimed at ensuring the efficient use of financial resources, reducing accounting risks and errors, strengthening financial discipline, and creating a reliable information base for managerial decision-making in public educational institutions.