EZOP MASALLARINING BADIIY-ESTETIK VA TARBIYAVIY- PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
Ezop, masal, masal janri, allegoriya, ramziy obraz, antropomorfizm, qissadan hissa, axloqiy g‘oya, tarbiya, pragmatika, kommunikativ strategiya, jahon adabiyoti.Abstract
Mazkur maqolada qadimgi yunon masalchisi Ezop ijodining jahon adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni hamda uning masallarida mujassamlangan axloqiy-estetik, ijtimoiy-psixologik va tarbiyaviy g‘oyalar tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy materiali sifatida Ezop masallarining o‘zbek tilidagi nashrlarida uchraydigan “Tulki va echki”, “Baliqchi va baliqcha”, “Sichqonlar kengashi”, “Ikki do‘st va ayiq”, “Tovuq bilan tulki”, “Ko‘rshapalak, qushlar va yirtqichlar”, “Qafasdagi qush va ko‘rshapalak” kabi masallar tanlandi. Tahlil jarayonida masallardagi hayvon obrazlarining antropomorfik xususiyati, ramziylik, qarama-qarshilik, dialog, kinoya, yashirin ma’no, qissadan hissa va kommunikativ strategiyalar o‘rganildi. Ezop masallarining ixcham syujet asosida katta ijtimoiy-axloqiy mazmunni ifodalashi, inson xarakterining murakkab qirralarini hayvonlar obraziga ko‘chirish orqali umumlashtirishi ko‘rsatildi. Shuningdek, masallarning o‘quvchi tafakkuriga ta’siri, mustaqil xulosa chiqarishga undashi va zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonidagi imkoniyatlari yoritildi. Tadqiqot natijasida Ezop masallarining asosiy poetik kuchi bevosita pand-nasihatning o‘zidagina emas, balki o‘quvchini voqea va obrazlar ortidagi yashirin axloqiy ma’noni mustaqil anglashga undovchi badiiy-kommunikativ mexanizmda namoyon bo‘lishi asoslandi.
References
1. Ezop. Ezop masallari. Tarjimon Q. Mirmuhamedov. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010.
2. Hotamov N., Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1983.
3. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 1-jild. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2000.
4. Sa’dullayeva R., Mavlonov N., O‘sarova L. Masalchilik va Ezop masallari // Ilm fan xabarnomasi. – 2024. – Vol. 4. – №2. Mazkur maqolada masal janri, Ezop ijodi, masalchilik an’anasi va tarbiyaviy xususiyatlar yoritilgan.
5. Baratova N. Qanotli so‘zlarning semantik va janriy transformatsiyasi haqida (Ezop masallari asosida) // O‘zMU xabarlari. Ijtimoiy-gumanitar fanlar. – 2026. – Vol. 1. – №1.8.
6. Nosirova D. M. Ezop masallarining tarbiyaviy ahamiyati // Inter Education & Global Study. – 2024. – №2. Ushbu manbada Ezop masallarining tarbiyaviy imkoniyatlari va ularni ta’lim jarayonida qo‘llash masalalari tahlil qilingan.
7. Mirmuhamedov Q. Ezop masallari: tarjima va izohlar. – Toshkent.