MISR MUMIYOLASH ODATLARI
Keywords:
Ushbu holat mumiyolash amaliyotining faqatgina Nil vodiysigagina xos bo‘lmagan, balki insoniyat sivilizatsiyasining turli geokulturniy hududlarida ham mustaqil tarzda shakllanganini ko‘rsatadi. Qadimgi Misrliklarning anatomiya va kimyo sohasidagi bilimlari tanani emirilishdan saqlashning eng mukammal texnikasini yaratishga imkon bergan.Abstract
Misrda mumiyolash jarayoni turli davrlarda turlicha bo‘lgan, ammo u har doim ichki a’zolarni olib tashlashni (garchi keyingi davrlarda ular maxsus ishlov berilgach, yana joyiga qaytarilgan bo‘lsa-da), tanani smola bilan ishlashni va uni zig‘ir matodan qilingan bintlar bilan o‘rashni o‘z ichiga olgan. Mumiyalash amaliyotini qo‘llagan boshqa ko‘plab xalqlar qatoriga Papua-Yangi Gvineya va Avstraliya o‘rtasidagi Torres bo‘g‘ozi hududida yashagan xalqlar hamda Janubiy Amerikadagi inklar kiradi.Misr mumiyalari bitum (bu so‘z arabcha "mūmiyah" — "bitum" so‘zidan kelib chiqqan) yordamida tayyorlangan, degan keng tarqalgan tushuncha mavjud bo‘lib, uning shifobaxsh xususiyatga ega ekanligiga ishonilgan. O‘rta asrlar davomida mumiyalangan jasadlarni tuyish orqali olingan va "mumiya" deb ataladigan modda dorixonalarda keng sotiladigan mahsulotga aylangan.
References
1. Rawlinson G. A History of Ancient Egypt. In two volumes. Vol. 1. — New York, Philadelphia, Chicago: The Nottingham Society, 1880. — 418 p.
2. Ancient Egypt: From Prehistory to the Islamic Conquest / ed. by K. Kuiper. New York, 2011. —208 P.
3. Brier B. Egyptian Mummies: Unraveling the Secrets of an Ancient Art (London, 1996)-P.145
4. Mavlonov A., Mirzohidov S. Tarixdagi g‘ayrioddiy va daxshatli marosimlar: 1-kitob. — Toshkent: Science and Innovation, 2024. — 52 b.