O‘ZBEK TOPONIMLARINING SEMANTIK VA LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI
Keywords:
toponim, toponimika, semantika, lingvokulturologiya, etnotoponim, gidronim, oykonim, etimologiya, madaniy xotira, milliy dunyoqarash.Abstract
Maqolada o‘zbek toponimlarining semantik xususiyatlari va lingvokulturologik mazmuni o‘rganilgan. Geografik nomlarning shakllanishida tabiiy-geografik muhit, o‘simlik va hayvonot dunyosi, suv manbalari, etnik tarkib hamda tarixiy-madaniy omillarning o‘rni tahlil qilingan. S.Qorayev va Z.Do‘simovning toponimika sohasidagi ilmiy ishlari nazariy asos sifatida olingan. Xorazm hududi toponimlariga doir tadqiqotlar hamda o‘zbek joy nomlarining tarkibiy-semantik xususiyatlari haqidagi ilmiy qarashlar asosida ayrim nomlarning nominativ va madaniy vazifalari yoritilgan. Tadqiqotda tavsifiy, struktur-semantik, qiyosiy va lingvokulturologik tahlil usullaridan foydalanilgan. Tahlil natijasida toponimlarning nafaqat geografik obyektlarni nomlash, balki xalqning tarixiy xotirasi, tabiatni idrok etishi va madaniy tajribasini saqlashda ham muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslangan. Shuningdek, joy nomlarining etimologiyasini aniqlashda xalq orasida tarqalgan izohlarni tarixiy-lisoniy dalillardan farqi izohlangan.
References
1. S.Qorayev. Toponimika: O’quv qo’llanma. – T.: “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti”, 2006. – 320 b.
2. Z.Do’simov. Xorazm toponimlari. Toshkent: Fan, 1985. – 104 b.
3. Mirakmalov M. T., Urazbayev B. B. Xorazm viloyatining fauna va florasi, iqlim xususiyatlari bilan bog‘liq toponimlari. – 2022. – № 2.
4. Egamov X., Do‘simov Z. Joy nomlarining qisqacha izohli lug‘ati. – Toshkent: O ‘qituvchi, 1977. – 174 b.
5. H. Hasanov. O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan. – Toshkent: Fan, 1965. – 81 b.
ELEKTRON MANBALAR
1. ZiyoNET — Ta’lim portali. URL: https://ziyonet.uz/
2. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron katalogi. URL: https://natlib.uz/
3. Urganch davlat universiteti elektron kutubxonasi. URL: https://akbt.urdu.uz/
4. Tadqiqot.uz — ilmiy maqolalar portali. URL: https://tadqiqot.uz/