OZOD SHARAFIDDINOV ADABIY-TANQIDIY MEROSIDA HAQGO‘YLIK TAMOYILI VA MILLIY UYG‘ONISH G‘OYASI
Keywords:
Ozod Sharafiddinov, adabiy tanqid, haqgo‘ylik, madhiyabozlik, jadid adabiyoti, badiiy tarjima, “Jahon adabiyoti” jurnali, milliy uyg‘onish, adabiyotshunoslik.Abstract
Maqolada O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos, tanqidchi va tarjimon Ozod Sharafiddinovning hayot yo‘li hamda ijodiy merosi tahlil qilinadi. Olimning XX asrning 50–60-yillaridagi qolipga tushgan, madhiyabozlikka asoslangan adabiy tanqidchilikka qarshi chiqib, badiiy asarni mafkuraviy mezonlar bilan emas, balki uning estetik va insoniy mohiyatiga qarab baholash tamoyilini ilgari surgani yoritiladi. “Zamon. Qalb. Poeziya”, “Talant – xalq mulki”, “Ijodni anglash baxti” kabi asarlari, jadid adiblari merosini qayta tiklash yo‘lidagi xizmatlari, tarjimonlik faoliyati va “Jahon adabiyoti” jurnalini tashkil etishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, olimning og‘ir xastalikka qaramay ijodni davom ettirgani uning ma’naviy matonati namunasi sifatida talqin etiladi.
References
1. Sharafiddinov O. Zamon. Qalb. Poeziya. – Toshkent, 1962.
2. Sharafiddinov O. Talant – xalq mulki. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.
3. Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. – Toshkent: Sharq, 2004.
4. Ozod Sharafiddinov zamondoshlari xotirasida. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007.
5. Karimov B. Chin ma’nodagi fidoyi // Ozod Sharafiddinov zamondoshlari xotirasida. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007.
6. Oripov A. Yuksakka chorlovchi e’tiqod // Ozod Sharafiddinov zamondoshlari xotirasida. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007.
7. Hamrayeva H. Ozod Sharafiddinov publitsistikasining tili va uslubi: Filol. fan. nomz. ... diss. – Toshkent, 2009.
8. Ozod Sharafiddinov (1929–2005) // ziyouz.com. URL: https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/o-zbek-ziyolilari/ozod-sharafiddinov-1929-2005
9. Sharafiddinov Ozod // akademiklar.uz. URL: https://akademiklar.uz/sharafiddinov-ozod