SHAROF BOSHBEKOVNING “TEMIR XOTIN” ASARIDA IJTIMOIY HAYOT VA AYOL QADRI TALQINI
Keywords:
Sharof Boshbekov, “Temir xotin”, dramaturgiya, komediya, ayol qadri, ijtimoiy muammo, qishloq hayoti, mehnat, oila, inson qadri.Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek dramaturgiyasining taniqli namoyandasi Sharof Boshbekovning “Temir xotin” asaridagi ijtimoiy hayot tasviri, inson qadri, ayol mehnati va oilaviy munosabatlar masalalari tahlil qilinadi. Asarda qishloq hayoti, o‘zbek ayollarining kundalik turmushdagi mashaqqatlari, ularning sabr-toqati va matonati hajviy voqealar orqali yoritilgan. Shuningdek, asardagi obrazlar, xususan, Qo‘chqor, Olimtoy va Alomat obrazlarining xarakter xususiyatlari hamda ularning asar g‘oyasini ochishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Muallif kulgi vositasida jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni ko‘rsatib, inson mehnati va ayol qadrini e’zozlashga chaqiradi.
References
1. Boshbekov, Sh. Temir xotin. Toshkent, 2013.
2. Boshbekov, Sh. Tanlangan asarlar. Toshkent.
3. Umurov, H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent: A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 2004.
4. Mirvaliyev, S. O‘zbek adiblari. Toshkent: Fan, 1993.
5. Ergasheva, D. M. “Sharof Boshbekovning ‘Temir xotin’ komediyasida hayot haqiqatlari”. Science and Education, 2024.
6. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron bazasi. Sharof Boshbekovning “Temir xotin” asari haqidagi ma’lumotlar.
7. “Tragediyani aks ettirgan komediya – ‘Temir xotin’ asari haqida”. Kun.uz, 31.03.2023.