XORAZM SHAROITIDA TURLI XIL O‘RIK PAYVANDLARIGA PAYVANDLANGAN ARZAMI KURTAKLARINI TURLI MUDDATLARIDA TUTUVCHANLIGINI ANIQLASH.
Keywords:
Yovvoyi o‘rik, mirobalon 29, Mirobolan 29c, best, drujba, kurtak payvand, payvandlash muddatlari.Abstract
Mazkur maqolada o‘rik payvandtaglari — yovvoyi o‘rik, Mirobolan 29, Mirobolan 29C, Best va Drujba — ning turli muddatlarda arzami kurtaklarga payvandlashni dala sharoitida tutuvchanlik darajasini o‘rganildi. Tadqiqot davomida kurtaklarni tutuvchanligi tashqi muhit omillaridan biri bo‘lgan havo haroratiga bog‘liligi ilmiy asosda tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, Mirobolan 29C va Mirobolan 29 da kurtaklarni tutuvchanligi yaxshi natijani ko‘rsatgan bo‘lsa, yovvoyi o‘rik va Drujba payvandtaglari kech rivojlanishi va yuqori ekologik moslashuvchanligi bilan ajralib turdi. Best payvandtagi esa o‘rtacha va muvozanatli rivojlanish ko‘rsatkichlarini namoyon etdi. Tadqiqot natijalari hududiy iqlim sharoitiga mos payvandtag tanlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
References
1. R.Yunusov, K.Umarov, B.Karimov. Bog‘dorchilik o‘quv qo‘llanma.: T 201. 45 b.
2.Bo‘riyev.X Havaskor bog‘bonga qo‘llanma. T.: 2002, 145 b.
3. Ribakov.A.A, Ostrouxova S.A. O‘zbekiston mevachiligi. T.: 1981. 245 b
4. Xudoyberdiyev mevali ekinlarning ekish morfologiyasi. T.: 2021. 26b.