G‘IJJAK CHOLG‘U SOZINING TARIXI, TUZILISHI VA IJROCHILIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
g‘ijjak, milliy cholg‘u, o‘zbek musiqa madaniyati, xalq cholg‘ulari, torli-kamonli cholg‘u, maqom, ijrochilik, musiqa ta’limi.Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek milliy musiqa madaniyatida muhim o‘rin tutuvchi g‘ijjak cholg‘u sozining kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyoti, tuzilishi, ovoz xususiyatlari va ijrochilik imkoniyatlari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, g‘ijjakning an’anaviy va professional musiqa ijrochiligidagi o‘rni, uning takomillashuvi hamda zamonaviy musiqa ta’limidagi ahamiyati yoritiladi. G‘ijjakning xalq cholg‘usi sifatidagi xususiyatlari bilan bir qatorda, akademik ijrochilikda qo‘llanilishi ham tahlil qilinadi.
References
Bugungi kunda g‘ijjak milliy cholg‘u sifatidagi an’anaviy xususiyatlarini saqlagan holda, professional musiqa, orkestr ijrochiligi va musiqa ta’limida ham faol qo‘llanilmoqda. G‘ijjak ijrochiligini rivojlantirish, uning repertuarini boyitish, ijrochilik an’analarini yosh avlodga yetkazish va ilmiy jihatdan o‘rganish milliy musiqa merosimizni asrab-avaylashda katta ahamiyatga ega.
Shu bois g‘ijjak nafaqat musiqa ijro etish vositasi, balki xalqimizning tarixiy-madaniy merosini ifodalovchi muhim san’at vositasi sifatida ham qadrlanishi lozim.