UYQU FIZIOLOGIYASI VA UNING ORGANIZM FUNKSIYALARINI BOSHQARISHDAGI AHAMIYATI
Keywords:
uyqu, uyg‘oqlik, NREM, REM, sirkadiy ritm, gipotalamus, melatonin, supraxiazmatik yadro, markaziy nerv tizimi, fiziologik ritm.Abstract
Uyqu inson organizmining normal hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan murakkab fiziologik jarayonlardan biridir. U vaqtinchalik tashqi muhit ta’sirlariga javob berishning pasayishi, harakat faolligining kamayishi va markaziy nerv tizimi faoliyatining o‘ziga xos qayta tashkil etilishi bilan tavsiflanadi. Zamonaviy fiziologik qarashlarga ko‘ra, uyqu passiv holat emas, balki bosh miya tomonidan faol boshqariladigan jarayon hisoblanadi. Uyqu vaqtida markaziy nerv tizimi faoliyati, vegetativ funksiyalar, gormonal muvozanat, moddalar almashinuvi va immun tizim faoliyatida muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Uyqu NREM va REM bosqichlariga bo‘linib, har bir bosqich o‘ziga xos elektrofiziologik va fiziologik xususiyatlarga ega. Uyquning shakllanishi va davomiyligida gipotalamus, miya ustuni, talamus hamda bosh miya po‘stlog‘i tuzilmalari, shuningdek, sirkadiy ritmlarni boshqaruvchi supraxiazmatik yadro muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada uyquning fiziologik mexanizmlari, uning bosqichlari, nerv-gumoral boshqarilishi va organizm faoliyatidagi ahamiyati yoritiladi.
References
1. Fiziologiya: darslik / O.T. Alyaviya, A.A. Nishanova, Sh.K. Qodirov. – Toshkent: Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi, 2023.
2. Fiziologiya: darslik / O.T.Alyaviya, A.A.Nishanova - Toshkent "Hilol Media, - 2022
3. Нормальная физиология : учебник / под ред. Б. И. Ткаченко. - 3-е изд., испр. и доп М. : ГЭОТАР-Медиа, 2018. - 688 с. : ил. под ред. Б. И. Ткаченко. 4. Bolalar fiziologiyasi : o`quv qo`llanma / Qodirov U.Z. -Тoshkent, "Yangi asr avlodi" – 2006
4. Одам физиологияси. Дарслик / Нуритдинов Е. -Т., 2005 Нуритдинов Е. darslik Тошкент, 2005
5. Organizm funksiyalarining neyrogumoral boshqarilishi: o`quv qo`llanma / M.A. Xudjanova. - Samarqand : TIBBIYOT KO`ZGUSI, 2023.
6.Физиология : дарслик / Алявия О.Т. - Тошкент.-2019
7. Normal fiziologiya. Darslik / Alyaviya O., Toshkent, 2006.
8. Атлас по нормальной физиолгии / Чесноков С. -М., 2007.
9. http: //www.normphys.chat.ru /metodich. html.
10. http: //www.physiology.ru/ price_list.html.