HUSNIXAT SOHIBLARI
Keywords:
Oʻrta Osiyoda xattotlik san'atining rivojlanishi Temur va temuriylar davridan boshlangan boʻlib, husnixat san'ati dastlab Xuroson poytaxti Hirotda rivojlanib, u yerda Sulton Ali Mashhadiy tomonidan yirik xattotlik maktabi tashkil etilgan. Maktabning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, bu yerda asosan XIV asrda Mir Ali Tabriziy yaratgan nasta'liq xat uslubi Sulton Ali tomonidan takomillashtirilgan va bu uslubda asosan badiiy, tarixiy asarlarni yozishda foydalanilgan. Diniy va ba'zi ilmiy asarlar esa, nasx xatida koʻchirilgan boʻlsa koʻfiy, riqo' va suls xatlarida koʻproq me'morchilik, naqqoshlik san'ati yoʻnalishlarida ishlatilgan.Abstract
Hattotlik so’zini tilga olinsa inson beixtiyor arab tilida yozilgan yozuvlarni ko’z oldiga keltiradi. Arab yozuvi dunyodagi ko’p xalqlar yozuvidan bir jihati bilan farq qiladiki, bu yozuvning go’zalligiga alohida e’tiborberilishi natijasida arab xati ma’no tashish vositasidan tashqari, yana kishilarga yuksak estetik zavq beruvchi san’at asariga aylangan. Bu san’at esa uzoq o’tmishdan beri xusnixat nomi bilan shuhrat qozongan. Chunki o’ziga xos shakli shamoyilga ega bo’lganligi bilan birgalikda xat uslublari barchani diqqatini o’ziga jalb etadi. Bu esa albatta xattotlarning zo’r mahorat egasi hamda sabr-toqat egalari ekanligidan dalolatdir.Yurtimizning turli jabhalarida-aholi qo’lida hamda ma’rifiy maskanlarda saqlanib kelinayotgan turli mavzularni o’z ichiga olgan kitoblarda ko’rish mumkin. Shu o’rinda savol tug’iladi hattotlik nima? u qanday soha? qayerdan paydo bo’lgan qisqa qilib aytganda tarixiga qiziqiladi.
References
Hasanova S. Boburning xat san’ati. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1990.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. “Xattotlik”, “Kitobat san’ati”, “Hirot xattotlik maktabi” maqolalari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2000–2005.
Navoiy A. Majolis un-nafois. – Toshkent: Fan, 1997.
Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti. Sharq qo‘lyozmalari katalogi. – Toshkent.