RASSOMCHILIKDAN-TEATR SAHNASIGA QADAR…

Authors

  • D.To’xtaboyeva Author

Keywords:

Mutallib Abbasov o'zining qariyb qirq yillik ijodiy faoliyati davomida yuzlab spektakllarga sahna bezaklari yaratib, tarixiy, zamonaviy hamda jahon dramaturgiyasi namunalarini yuksak badiiy did bilan sahnalashtirishga munosib hissa qo'shdi. Uning eskizlarida rang va nur uyg'unligi, kompozitsion yechim, tarixiy muhitni haqqoniy ifodalash hamda obrazlarning ruhiy holatini tasviriy vositalar orqali ochib berish mahorati yaqqol ko'zga tashlanadi. Shu jihatdan uning asarlari nafaqat teatr san'ati, balki muzey fondlarida saqlanayotgan tasviriy meros sifatida ham katta ilmiy, tarixiy va madaniy ahamiyatga ega.

Abstract

San'at – bu xalqning tarixiy xotirasi, ma'naviy olami va estetik qarashlarini o'zida mujassam etuvchi bebaho merosdir. U faqatgina go'zallikni ifodalash vositasi bo'lib qolmay, balki jamiyat taraqqiyoti, milliy qadriyatlar va davr ruhini aks ettiruvchi muhim madaniy hodisa ham hisoblanadi. Ayniqsa, tasviriy san'at, adabiyot va teatr bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lgan sohalar bo'lib, ularning o'zaro uyg'unligi natijasida tomoshabin qalbiga kuchli badiiy ta'sir ko'rsatuvchi asarlar yaratiladi. Ko'rgazma zallarida namoyish etilayotgan asarlarga nazar tashlar ekansiz, har bir ijodkorning ichki dunyosi, kasbiy yo'nalishi va badiiy tafakkuri uning yaratgan asarlarida yaqqol namoyon bo'lishini his qilasiz.

References

1. Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi. Abbosov, Mutallib maqolasi. – Toshkent: Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti.

2. Rahmonov M. Oʻzbek teatri tarixi. – Toshkent: Fan, 2008.

3. Karimov M. Oʻzbekiston tasviriy sanʼati tarixi. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti.

4. Ikromov H. Oʻzbek teatr-dekoratsiya sanʼati. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti.

Published

2026-08-10

How to Cite

D.To’xtaboyeva. (2026). RASSOMCHILIKDAN-TEATR SAHNASIGA QADAR… Ustozlar Uchun, 101(1), 54-59. https://modernedu-dv.org/index.php/ust/article/view/51