TAJRIBA DALASI TUPROG‘INING CHEKLANGAN DALA NAM SIG‘IMI

Authors

  • H.To‘ramurodov Author
  • S.Tashimov Author
  • J.Zarifbayev Author
  • D.Rahmonova Author

Keywords:

Tajribada olingan tahlil natijalar shuni ko‘rsatdiki cheklangan dala nam sig‘imiga foiz hisobida, quruq tuproq massasiga nisbatan hisobiy qatlam 0-10 sm birinchi takrorlashda 22,2 % ikkinchi takrorlashda 21,7 % va uchinchi takrorlashda 22,2 % hamda o‘rtachasi 22,0 % bo‘lgnani aniqlandi. Keyingi qatlamda 10-20 sm qatlamda birinchi va ikkinchi takrorlashda 22,1 % va 21,2 % uchinchi takrorlashda 21,6 % o‘rtachasi 21,6 % bo‘lganligi aniqlangan. 20-30 sm hisbobiy qatlamda birinchi takrorlashda 21,4 ikkinchi va uchinchi takrorlashda 20,8 va 21,3 hamda o‘rtachasi 21,2 bo‘lganligi qayt etilgan. 30-40 sm qatlam bo‘yicha birinchi takrorlashda 21,5 % ikkinchi takrorlashda 21,6 % uchinchi takrorlashda 22,3 % va o‘rtacha 21,8 % bo‘lganligi kuzatilgan.

Abstract

Yeryong‘oq urug‘ining mag‘zidan holva, konfet, tort va boshqa qandolatlar tayyorlanadi, bundan tashqari qovurib iste’mol qilinadi. Mevasi dukkak, dukkaklari 1-2 urug‘li, 2-3 urug‘li va 4-7 urug‘li bo‘ladi. 1000 dona dukkagining og‘irligi 500 g dan 1900 g gacha. 1000 dona urug‘ining massasi 200 g dan 1200 g gacha bo‘ladi. Yeryong‘oq o‘stirilgan yerda uningildizidagi tugunak bakteriyalari yordamida 1 mavsumda 50 kg sof azot to‘planadi. [2.5-7;]. M.E. Amanova, A. Rustamov va T. Duysenovlarning [3; 24-b.] olib borgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, yeryong‘oq urug‘ini yetishtirishda 1 – sinf urug‘laridan foydalanib, “Salomat” navi urug‘chiligi uchun maqbul ekish sxemasi 70x15 sm (95–100 ming ko‘chat), “Qibray-4” va “Mumtoz” navlari urug‘lari katta bo‘lganligi sababli maqbul ekish sxemasi 70 x 20-1, ya’ni har gektar maydonda o‘rtacha 75–80 ming tagacha ko‘chat qoldirilganda yaxshi natijalarga erishganliklarini ta’kidlashgan. “Salomat” navi (1000 dona urug‘ining vazni o‘rtacha 500–600 g bo‘lganligi) uchun 50–55 kg/ga, “Qibray – 4” va “Mumtoz” navlari (1000 dona urug‘ining vazni o‘rtacha 750–800 g bo‘lganligi) uchun 60 – 65 kg/ga ekishni tavsiya etilgan.

References

1. T.Xudayberdiyev., Sh.G‘offorova //Yeryong‘oqni yetishtirish texnologiyasi-Academic Research in educational scinces ISSN:2181-1385 Volume5 Issue-9–2024 B.58-63

2. J.B.Xudayqulov., M.E.Amanova //Yeryong‘oq yetishtirish- Agrobank 100 ta Kitob to‘plami B.5-7

3. Amanova M., X.Bo‘riyev, A.Rustamov. “Yeryong‘oq ekinining urug‘chiligi bo‘yicha tavsiyanoma”. Toshkent-2010. 16. b.

Published

2026-10-14

How to Cite

H.To‘ramurodov, S.Tashimov, J.Zarifbayev, & D.Rahmonova. (2026). TAJRIBA DALASI TUPROG‘INING CHEKLANGAN DALA NAM SIG‘IMI. Ustozlar Uchun, 105(2), 104-106. https://modernedu-dv.org/index.php/ust/article/view/847