JUNNI YUVUSH TEXNOLOGIK JARAYONINING TAHLILI

Authors

  • Sh.Sh.Xakimov Author
  • A.M.Salimov Author
  • G.R.Orazbayeva Author

Keywords:

jun, yuvish, suv, 3D loyha, qayta muhandislik.

Abstract

Hozirgi kunda dunyo miqiyosida jun tolalarini dastlabki ishlashda takomillashgan texnologiyalarni qo‘llash va uning tabiiy xususiyatlarini saqlash borasida samaradorligi yuqori mashinalarni yaratishga qaratilgan vazifalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Jundan olinadigan maxsulotlar assortimentini ko‘paytirish hamda sifatini oshirish, uni dastlabki ishlash texnologiyasida yuvish jarayonini chuqur o‘rganib chiqish va kamchiliklarni bartaraf etish ishlab chiqarish korxonalarida dolzarb hisoblanadi.

Sanoatda besh panshaxali MP-5Sh mashinasi keng qo‘llaniladi. Bu mashinalarda suv sarfi juda yuqori.  Shuning sababli, O‘zbekiston Respublikasida suv tanqisligini hisobga olgan holda bu uskunalardan foydalanish iqtisodiy jihatdan juda samarasiz. Suv taqchilligi yuqori bо‘lgan davlatlarda individual yuvish uskunasidan foydalanish samaraliroq va bu uskunalardan chiqayotgan suvlarni qaytadan foydalanish imkoni yuqori. Bu ikki xil usulni solishtirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish zarur, ya’ni: junni yuvish texnologiyasi va uskuna konstruktsiyalari tahlili; junni yuvish texnologiyasi konstruktsiyalarini takomillashtirish boyicha olib borilgan ilmiy izlanishlar tahlili; iflos aralashmalarning yuvish suyuqligida ajralish jarayonini nazariy o’rganish;

“Qayta muhandislik” (reversiv injiniring) tayyor mahsulotni olib, ishlash mexanizmini bо‘laklarga bо‘lib, mualliflik huquqini buzmagan holda, о‘xshash mahsulot yaratishdir. Ushbu usuldan foydalangan holda individual jun yuvush uskunasini yaratish ustida ilanishlar olib borildi. Birinchi navbatta uskunaning 3D loyhasi yaratildi. Bu loyha asosida uskunaning jun yuvush hajmini va boshqaa ko‘rsatkichlarini aniqlash  mumkin.

References

1. Ismoilov F. B. Junni dastlabki ishlashda takomillashtirilgan texnologik jarayonni tadqiq qilish. Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Buxoro, 2021.

2. Yusupov S.A. “Mahalliy jun tolalariga ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish” texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiY. Toshkent-TTESI. 2004.

3. Boycharov M.T. Razrabotka i usovershenstvovaniye neprerivnoy texnologii pererabotki otechestvennoy tonkoy shersti po siklu «nemitaya sherst – trikotajnaya pryaja». Diss kand. tex. nauk. – Moskva: RGU, 2019.

4. Rogachev N.V. Sposob promivki shersti. Patent Rossiyskaya Federatsiya, RU, №4700697/12. 07.05.91. Byul. M 17 (71).

5. https://siat.stat.uz/reports-filed/2035/meta-data.

6. Patent UZ №FAP 01555. Junni titish mashinasi / Ismoyilov F.B, Xakimov SH.SH, Tursunov X.K, Oymirova F.I, Elmonov S.M.// Rasmiy axborotnoma.-2021.-№11

Published

2026-10-14

How to Cite

Sh.Sh.Xakimov, A.M.Salimov, & G.R.Orazbayeva. (2026). JUNNI YUVUSH TEXNOLOGIK JARAYONINING TAHLILI. Ustozlar Uchun, 105(2), 159-164. https://modernedu-dv.org/index.php/ust/article/view/857