MUZEY PEDAGOGIKASI: TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Keywords:
Bugungi kunda ta’lim jarayonini faqat auditoriya yoki sinfxona bilan chegaralab qo‘yish yetarli emas. Zamonaviy pedagogika ta’lim oluvchining real hayotiy muhitda bilim olishi, tarixiy va madaniy jarayonlarni bevosita kuzatishi, mustaqil fikrlashi hamda o‘z xulosalarini shakllantirishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu nuqtayi nazardan muzeylar ta’lim-tarbiya jarayonining muhim madaniy-ma’rifiy makonlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.Abstract
Mazkur maqolada muzey pedagogikasining mazmun-mohiyati, ilmiy-nazariy asoslari, ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni va pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muzeylarning tarixiy-madaniy merosni saqlash bilan bir qatorda, shaxsning intellektual, ma’naviy-axloqiy, estetik va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Muzey pedagogikasida ekskursiya, interaktiv mashg‘ulot, muammoli savol, loyiha faoliyati, tadqiqotchilik, raqamli texnologiyalar va refleksiv yondashuv kabi metodlardan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda muzey pedagogikasining rivojlanish tendensiyalari va ta’lim muassasalari bilan muzeylar hamkorligini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
References
1. Ismailova D. The Stages of Formation and Development of Museum Pedagogy in Uzbekistan. “Jamiyat va innovatsiyalar”
2. Murodova D. K. Bo‘lajak o‘qituvchilarda muzey pedagogikasi vositasida umummadaniy kompetensiyani shakllantirish. Farg‘ona metodika maktabi, 2026.
3. Urakova N. Talaba yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muzeylarning roli. O‘zMU xabarlari, 2026.
4. Urinova N. M., Marayimova K. I. Зарубежный опыт подготовки будущих педагогов педагогических вузов к деятельности музейной педагогики. 2021.