O‘ZBEK TILIDAGI NUTQNI QAYTA ISHLASH MODELLARINING SAMARADORLIGINI NEYROLINGVISTIK MEZONLAR ASOSIDA BAHOLASH
Keywords:
sun’iy intellekt, neyrolingvistika, tabiiy tilni qayta ishlash, o‘zbek tili, nutqni anglash, semantik qayta ishlash, kognitiv mezonlar, til modeli, EEG, ko‘z harakati tahlili.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi nutqni qayta ishlash modellarining samaradorligini neyrolingvistik mezonlar asosida baholash masalalari yoritiladi. An’anaviy tabiiy tilni qayta ishlash tizimlarida grammatik aniqlik, leksik moslik va semantik natijadorlik asosiy baholash ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Biroq bunday ko‘rsatkichlar modelning inson nutqni anglash jarayoniga qanchalik mos kelishini to‘liq ifodalamaydi. Shu sababli maqolada nutqni anglash vaqti, kontekstual bashorat, semantik nomuvofiqlikka sezgirlik, grammatik murakkablikni qayta ishlash hamda inson bahosi kabi mezonlarni birgalikda qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. O‘zbek tilining agglutinativ tuzilishi, morfologik boyligi va kontekstga bog‘liq semantik xususiyatlari hisobga olinib, modellarni baholash uchun ko‘p mezonli metodologik yondashuv taklif etiladi. Mazkur yondashuv o‘zbek tilidagi sun’iy intellekt tizimlarining lingvistik aniqligi va inson nutqini tushunish jarayoniga funksional mosligini chuqurroq o‘rganishga xizmat qilishi mumkin.
References
1. Abdurahmonova N. Kompyuter lingvistikasi. — Toshkent: Nodirabegim, 2021. — 394 b.
2. Xolmanova Z. Kompyuter lingvistikasi. — Toshkent: Mehr-nuri, 2024. — 234 b.
3. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2002. — 168 b.
4. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. — Toshkent: O‘qituvchi, 1993.
5. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. — Toshkent: O‘qituvchi, 1995.