”INSONLARDA SOLIQ TOʻLASH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI”
Ключевые слова:
Fuqarolarning soliq toʻlashni majburiyat emas, balki vatan oldidagi faxrli burch sifatida qabul qilishi kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatining muhim belgisi hisoblanadi.Аннотация
Ushbu maqola iqtisodiyotdagi keng bilimlarni o’z ichiga oladi va yoshlarga iqtisodiy manfaatlarida foydalanishga yordam beradi.
Bugungi kunda har qanday davlatning iqtisodiy qudrati va ijtimoiy farovonligi uning byudjet daromadlari, xususan, soliq tushumlarining barqarorligiga bevosita bogʻliq. Soliq tushumlari ta'lim, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, infratuzilma va ijtimoiy himoya kabi davlat vazifalarini moliyalashtirishning asosiy manbaidir. Biroq soliq bazasini kengaytirish va byudjet tushumlarini oshirish faqatgina ma'muriy chora-tadbirlar (nazorat, jarima va tekshiruvlar) bilan cheklanib qolmaydi. Bunda jamiyatda soliq madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Soliq madaniyati – bu fuqarolar va tadbirkorlarning soliqqa oid qonun-qoidalarni bilishi, ularga ongli ravishda amal qilishi hamda soliq toʻlashni konstitutsiyaviy va fuqarolik burchi sifatida tushunishidir.
Библиографические ссылки
Xulosa qilib aytganda, insonlarda soliq toʻlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish bir kunlik jarayon emas, balki uzoq muddatli va tizimli davlat siyosatidir. Soliq madaniyati yuksak boʻlgan jamiyatda davlat byudjeti barqarorligi ta'minlanadi, iqtisodiy soyadagi ulush qisqaradi va pirovardida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yangi bosqichga koʻtariladi.