SHAROF RASHIDOV – SHOIR VA DAVLAT ARBOBI
Ключевые слова:
Sharof Rashidov, shoir, yozuvchi, davlat arbobi, o‘zbek adabiyoti, “Kashmir qo‘shig‘i”, “G‘oliblar”, Vatan, xalq, tarixiy xotira.Аннотация
Mazkur maqolada Sharof Rashidovning o‘zbek adabiyoti va O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni ilmiy-tarixiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda uning shoir va yozuvchi sifatida shakllanish jarayoni, dastlabki ijodiy izlanishlari, she’riy va nasriy asarlarida davr ruhining aks etishi hamda davlat arbobi sifatidagi faoliyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yoritilgan. Sharof Rashidovning “Chegarachi”, “Qahrim”, “Kashmir qo‘shig‘i”, “G‘oliblar”, “Bo‘rondan kuchli”, “Qudratli to‘lqin” kabi asarlari mazmun-mohiyati va badiiy xususiyatlari tahlil qilinib, ijodkorning inson, Vatan, mehnat, jasorat va xalq taqdiri haqidagi qarashlari ochib berilgan. Shuningdek, uning 1959–1983-yillardagi siyosiy faoliyati tarixiy sharoit bilan bog‘liq holda baholanadi. Tadqiqot natijasida Sharof Rashidov shaxsini faqat siyosiy faoliyat bilan cheklab bo‘lmasligi, uning adabiy merosi ham XX asr o‘zbek adabiy-madaniy jarayonining muhim tarkibiy qismi ekanligi asoslanadi.
Библиографические ссылки
1. Rashidov Sh. Asarlar. 1–5 jildlar. – Toshkent, 1981–1983.
2. Rashidov A. Akam haqida. – Toshkent: Fan, 1992.
3. Rizaev S. Sharaf Rashidov. Shtrixi k portretu. – Toshkent, 1992.
4. Mirzaev S., Shermuhamedov S. Hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent, 1993.
5. Karimov I. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. – Toshkent, 1996.
6. O‘zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob: O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. Ilmiy muharrir M. Jo‘raev. – Toshkent: Sharq, 2000.
7. Rashidov Sh. Erk istar ko‘ngil. – Toshkent, 1992.
8. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. “Sharof Rashidov” maqolasi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti.