“DEVONU LUG‘OTIT TURK”DAGI XALQ MAQOLLARIDA SHAXSNING IJTIMOIY-AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH G‘OYALARI
Ключевые слова:
Mahmud Koshg‘ariy, “Devonu lug‘otit turk”, xalq maqollari, milliy pedagogik qadriyatlar, ijtimoiy-axloqiy fazilatlar, xalq pedagogikasi, ma’naviy tarbiya, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mardlik, do‘stlik, axloqiy tarbiya.Аннотация
Mazkur maqolada Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan xalq maqollari va hikmatli iboralarning shaxs ijtimoiy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil etiladi. Asarda aks etgan mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mardlik, jasorat, do‘stlik, hamjihatlik, kattalarga hurmat, kichiklarga g‘amxo‘rlik, rostgo‘ylik, bilimga intilish, saxovat, sabr-toqat kabi fazilatlarning mazmun-mohiyati ochib beriladi. Maqollarning xalq pedagogikasi namunasi sifatidagi tarbiyaviy xususiyatlari, ularning yosh avlod ma’naviy-axloqiy kamolotiga ta’siri hamda zamonaviy ta’lim jarayonida ulardan foydalanish imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijasida “Devonu lug‘otit turk”dagi maqollar nafaqat til va adabiyot yodgorligi, balki shaxsning ijtimoiy xulq-atvori va axloqiy qarashlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim pedagogik manba ekanligi asoslanadi.
Библиографические ссылки
1. Koshg‘ariy M. Devonu lug‘otit turk. I–III jildlar. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nashriyoti.1960-1963-y
2. Hasanboyev J., To‘raqulov X., Haydarov M., Hasanboyeva O. Pedagogika. – Toshkent: Fan va texnologiya.
3. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi.