ISHXOQXON TO‘RA IBRAT — MA’RIFATPARVAR, SAYYOH, TILSHUNOS VA NOSHIR
Ключевые слова:
Isxoqxon Ibrat, Namangan, To‘raqo‘rg‘on, ma’rifatparvarlik, jadidchilik, yangi usul maktabi, Matbaai Ishoqiya, Kutubxonai Ishoqiya, tilshunoslik, tarixshunoslik, matbaachilik, “Lug‘ati sitta as-sina”, “Jome’ ul-xutut”.Аннотация
Mazkur maqolada XIX asr oxiri — XX asr boshlarida yashab ijod qilgan atoqli ma’rifatparvar, shoir, tarixchi, tilshunos, pedagog, sayyoh va noshir Isxoqxon To‘ra Ibratning hayoti va ko‘p qirrali faoliyati yoritilgan. Unda Ibratning ta’lim olishi, Sharq va G‘arb mamlakatlariga qilgan sayohatlari, xorijiy tillarni o‘rganishi, yangi usul maktablarini tashkil etishdagi faoliyati hamda matbaachilik va kutubxonachilik sohasidagi tashabbuslari tahlil qilinadi. Shuningdek, uning “Lug‘ati sitta as-sina”, “Jome’ ul-xutut”, “Tarixi Farg‘ona”, “Tarixi madaniyat”, “Mezon uz-zamon” va “Ilmi Ibrat” kabi asarlarining ilmiy-ma’rifiy ahamiyati ochib beriladi. Maqolada “Matbaai Ishoqiya” va “Kutubxonai Ishoqiya”ning Namangan hududida ma’rifat va kitobat madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rni alohida ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, Isxoqxon Ibratning qatag‘on davridagi taqdiri va bugungi kunda uning ilmiy-ma’naviy merosini muzeylar orqali targ‘ib qilish masalalariga e’tibor qaratilgan.
Библиографические ссылки
1. Ibrat I. Tarixi Farg‘ona. — Toshkent, 1992.
2. Qosimov B., Dolimov U. Ma’rifat darg‘alari. — Toshkent, 1990.
3. Dolimov U. Is’hoqxon Ibrat. — Toshkent: Istiqlol fidoyilari, 1994.
4. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. “Ibrat” maqolasi. — Toshkent.
5. Ibrat I. Lug‘ati sitta as-sina. — Toshkent, 1901.