O‘ZBEKISTONDA YOSHLARNING OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA HUJJAT TOPSHIRISH FAOLLIGINING PASAYISH TENDENSIYASI: IJTIMOIY-IQTISODIY OMILLAR VA STRATEGIK YECHIMLAR
Ключевые слова:
yoshlar, oliy ta’lim, abituriyent, qabul jarayoni, professional ta’lim, kasbiy yo‘naltirish, mehnat bozori, raqamli muhit, ta’lim sifati.Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekistonda yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish faolligida kuzatilayotgan pasayish tendensiyasi ijtimoiy-iqtisodiy, institutsional va ta’limiy omillar kesimida tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2019/2020–2025/2026-o‘quv yillari bo‘yicha ochiq statistik ma’lumotlar, qabul jarayoniga oid axborotlar hamda yoshlarning kasbiy tanloviga ta’sir etuvchi omillar qiyosiy-dinamik yondashuv asosida o‘rganildi. Tahlil natijalari abituriyentlar sonidagi pasayish faqat oliy ta’limga qiziqish kamayishi bilan izohlanmasligini, balki xususiy oliy ta’lim tashkilotlari ulushining ortishi, professional ta’lim yo‘nalishlariga talabning kuchayishi, mehnat bozorida amaliy ko‘nikmalarga ehtiyoj oshishi, oilaviy-iqtisodiy imkoniyatlar, hududiy ta’lim sifati va raqamli muhit ta’siri bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Maqolada oliy ta’lim tizimining jozibadorligini oshirish, maktab va oliy ta’lim o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish, kasbiy yo‘naltirish mexanizmlarini takomillashtirish hamda hududiy tengsizliklarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.