UMRINI BOLA TARBIYASIGA BAG‘ISHLAGAN AZIZ USTOZ — ONAMGA EHTIROM
Ключевые слова:
Har bir inson hayotida ilk saboq bergan, uning qalbida ezgulik va insoniylik urug‘ini ekkan ustozlar siymosi aziz va muqaddasdir. Jamiyatning ma’naviy poydevori mustahkam, kelajagi porloq bo‘lishi bevosita ta’lim-tarbiya tizimining naqadar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liq. Bu jarayonda esa murg‘ak qalblar ilk bor tarbiya oladigan, ularning dunyoqarashi shakllanadigan ilk maskan — maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘rni beqiyosdir.Аннотация
Bugun O‘zbekistonda ta’lim sohasi, xususan, maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, "Ustoz va murabbiylarning mashaqqatli mehnati, yosh avlod tarbiyasidagi fidoyiligi har qanday yuksak e’tirofga munosibdir". Mana shunday sharafli, mas’uliyatli va mashaqqatli yo‘lda o‘zining butun ongiy hayotini, kuch-g‘ayratini jajji bolajonlarni tarbiyalashga bag‘ishlagan, ko‘p yillar davomida bog‘cha mudiri lavozimida samarali mehnat qilib, bugun nafaqaning sharafli damlarini olayotgan ulug‘ inson — Usmanova Robaxon Qodirovna haqida so‘z yuritish, uning ibratli hayot yo‘lini e’tirof etish chinakam farzandlik burchimiz hamda ulkan saodatdir.
Библиографические ссылки
Davlatimiz rahbari va jamiyatimiz tomonidan ustozlarga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtirom va e’tibor aynan Siz kabi fidoyi insonlarning yorqin xizmatlariga berilgan haqli bahodir. Biz farzandlaringiz Siz kabi buyuk qalb egasining farzandi ekanligimizdan doimo faxrlanamiz.
Sizga Alloh taolodan eng asosiy ne’mat — mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va ko‘ngil xotirjamligini tilayman. Yuzingizdan tabassum, xonadoningizdan fayz-baraka aslo arimasin. Bizning baxtimizga doimo sog‘-salomat bo‘lib yuring!
Cheksiz hurmat va muhabbat bilan, qizingiz Raxmanova Malika Usmanovna.