MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA ENTEROBIOZ PROFILAKTIKASINING ZAMONAVIY USULLARI

Авторы

  • Xudoyberdiyev Iskandar Toyirjonovich Автор

Ключевые слова:

Maktab yoshidagi bolalar orasida enterobiozning tarqalish sabablarini va xavf omillarini tahlil qilish hamda zamonaviy profilaktika va sanitariya-epidemiologik tadbirlar samaradorligini baholash.

Аннотация

Enterobioz (Enterobius vermicularis paraziti chaqiruvchi helminthoz) dunyo boʻyicha, xususan, maktab yoshidagi bolalar orasida eng keng tarqalgan parazitar kasalliklardan biri hisoblanadi. Bolalarning jamoaviy muhitda (maktab, sinf xonalari, toʻgaraklar) yaqin muloqotda boʻlishi, shaxsiy gigiyena koʻnikmalarining toʻliq shakllanmaganligi hamda muloqot va oʻyinchoqlar, oʻquv qurollari orqali zamburugʻ tuxumlarning tez tarqalishi ushbu kasallikning ommaviylashishiga sabab boʻladi. Enterobioz bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatib, immunitetning pasayishi, allergik reaksiyalar hamda uyqu va asab tizimi buzilishlariga olib keladi. Shu sababli, maktab yoshidagi bolalar orasida enterobioz profilaktikasining zamonaviy, samarali va majmuaviy usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish oʻta dolzarb masalalardan biridir.

Библиографические ссылки

Maktab yoshidagi bolalarda enterobioz profilaktikasi faqatgina dori vositalari bilan cheklanib qolmasdan, zamonaviy sanitariya-gigiyena, raqamli maʼrifiy hamda doimiy monitoring usullarini oʻz ichiga olgan majmuaviy yondashuvni talab etadi. Maktablarda zamonaviy profilaktika choralarini tizimli yoʻlga qoʻyish bolalar salomatligini muhofaza qilish hamda helminthozlar tarqalishini keskin kamaytirishda yuqori samaradorlikni koʻrsatadi.

Опубликован

2026-10-07

Как цитировать

Xudoyberdiyev Iskandar Toyirjonovich. (2026). MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA ENTEROBIOZ PROFILAKTIKASINING ZAMONAVIY USULLARI. Ustozlar uchun, 105(1), 168-169. https://modernedu-dv.org/index.php/ust/article/view/657