KUTUBXONA – ZIYO TARQATISH MASKANI. NODIRA NOMIDAGI NAMANGAN DAVLAT ILMIY KUTUBXONASI.
Ключевые слова:
Milliy madaniyatni chuqur anglash, uning rivoji va evolyutsiyasini tahlil qilishda respublikaning universal fondga ega bo‘lgan axborot-kutubxona muassasalari alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim muassasalari maqomini oshirish, tarmoq ilmiy axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy va axborot salohiyatini, shuningdek, axborot-kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, mamlakatdagi xususiy va raqamli (virtual) axborot-kutubxona muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish zarurati yuzaga kelmoqda.Аннотация
Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi sharoitida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga va xalqaro amaliyotga mos bo‘lishi zarur. Shu munosabat bilan fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini, shu jumladan milliy qadriyatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand bo‘lishini ta’minlaydigan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish ustuvor vazifaga aylanmoqda.
Библиографические ссылки
1.Prezident qaror va farmonlari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.06.2019 yildagi PQ-4354-son
3. Nodira nomidagi Namangan davlat ilmiy kutubxonasi fondi