VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA GIYOHVANDLIK VOSITALARI TARQALISHINING OLDINI OLISH: MILLIY QONUNCHILIK VA HUQUQNI QO‘LLASH AMALIYOTI
##semicolon##
voyaga yetmaganlar, giyohvandlik, psixotrop moddalar, narkojinoyat, profilaktika, huquqni qo‘llash amaliyoti, jinoyat-huquqiy javobgarlik, oila, ta’lim muassasasi, mahalla, huquqni muhofaza qiluvchi organlar.Annotatsiya
Mazkur maqolada voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishining oldini olishning huquqiy, tashkiliy va ijtimoiy-pedagogik mexanizmlari tadqiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasini tartibga soluvchi qonunchiligi, jinoyat-huquqiy normalari hamda 2024–2028-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyaning mazmuni tahlil qilindi. Tadqiqotda huquqiy tahlil, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, ilmiy adabiyotlarni o‘rganish va profilaktik faoliyatni modellashtirish usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijasida voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olishda faqat jazolash choralariga tayanish yetarli emasligi, erta profilaktika, oilaviy nazorat, ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlar va idoralararo hamkorlikni kuchaytirish zarurligi asoslandi. Maqolada amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
##submission.citations##
1.O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-maydagi PF-73-son Farmoni — “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
3.O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024–2028-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiya.
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni — “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”.
5.O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. 273–276-moddalar.
6.O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 36-son buyrug‘i, ro‘yxat raqami 3604.
7.O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi O‘RQ-1151-son Qonuni.