JAMIYAT HAYOTIDA “HALOLLIK VAKSINASINING” DOLZARBLIGI VA UNI O‘QITISHDA MA’NAVIY-AXLOQIY HAMDA HUQUQIY TARBIYA UZVIYLIGI”
##semicolon##
Tarbiya, tarbiyaviy ta’lim, halollik, ma’naviyat, milliy g‘oya, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, axloqiy tarbiya, fuqarolik mas’uliyati, pedagogik kompetensiya, kasbiy tayyorgarlik, integrativ ta’lim.Annotatsiya
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan “Tarbiya” fanining mazmuni va uni samarali tashkil etishda pedagogning mutaxassislik tayyorgarligi masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy obyekti sifatida 11-sinf “Tarbiya” darsligidagi “Halollik vaksinasi” mavzusi olinib, mazkur mavzuning ma’naviy-axloqiy, fuqaroviy va huquqiy mazmuni ochib beriladi. Shuningdek, “Tarbiya” fanining integrativ xususiyati, uning avvalgi “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Dinlar tarixi” kabi fanlar mazmunini birlashtirish asosida shakllantirilgani ko‘rsatiladi.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 422-son qarori, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi hamda 60111100 — “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2025-yilgi malaka talablari tahlil qilinadi. Natijada mazkur yo‘nalish bitiruvchilarining Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorgarligi nafaqat tarixiy-ma’naviy mazmunni, balki huquqiy ong, huquqiy madaniyat, fuqarolik mas’uliyati, milliy qadriyatlar, mafkuraviy immunitet va pedagogik metodikani ham qamrab olishi asoslanadi.
##submission.citations##
1. Kenjayev D., Ismatova N., Islomov Z. va boshqalar. Tarbiya: 11-sinf uchun darslik. — Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 422-son qarori. “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ‘Tarbiya’ fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
4. 60111100 — “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2025-yilgi Malaka talabi.
5. O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni. 2024-yil 1-fevral, O‘RQ-901-son.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son qarori. “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni. “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
9. “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari o‘quv-uslubiy majmualari.