NAQSHBANDIYA TARIQATI SHAKLLANISHI VA BUGUNGI KUNI

Mualliflar

  • Orzubek Jo’rayev ##default.groups.name.author##

##semicolon##

VIII-IX asrlarda Madina, Basra, Ko‘fa va Xuroson zohidlik maktablari bilan bir vaqtda Markaziy Osiyo zohidlik maktabi, shuningdek, IX-XI asrlarda Nishopur, Misr, Damashq va Bag‘dod so‘fiylik maktablari bilan birga Markaziy Osiyo so‘fiylik maktabi ham mavjud bo‘lganligi ta’kidlanadi , IX-XI asrlarda shakllangan va faoliyat ko‘rsatgan o‘n ikki so‘fiylik oqimidan ikkitasi – hakimiya va sayyoriya oqimlari, shuningdek, XII asrdan boshlab islom dunyosining turli burchaklarida vujudga kelgan ellikdan ortiq so‘fiylik tariqatidan to‘rttasi Yassaviya, xojagon-naqshbandiya, kubraviya va ishqiya tariqatlarining aynan Markaziy Osiyoda vujudga kelganligi yurtimizning tasavvuf ta’limoti shakllangan va rivojlangan markazlardan biri ekanligidan dalolat beradi.

Annotatsiya

Yurtimiz tarixida ajralmas sahifa sifatida e’tirof etiladigan Naqshbandiya tariqati shunisi bilan ajralib turadiki, bu davrda o‘lkada tinchlik siyosati hukmron bo‘lgan va ilm-fan, madaniyat gullab yashnagan. Ushbu davrda o‘lkamizda Temuriylar sulolasi hukumronlik qilgan va temuriy shag‘zodalarning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi juda katta bo‘lgan. Shuningdek, ushbu davrda o‘lkamizda islomiy ilmlar taraqqiy etgan va ko‘plab ilm markazlari maktablar faoliyat olib borilgan. Ushbu davr yana shunisi bilan ajralib turadiki, bu davrda o‘lkada millatlararo totuvlik, e’tiqodiy hurlik va diniy bag‘rikenglik barqaror bo‘lgan.

Mazkur maqolada Naqshbandiya tariqati tarixi rivojlanishi va jamiyatning taraqqiy etishiga qo‘shgan hissasi markaziy osiyoning svilizatsiyasiga tasiri haqida ma’lumot berishni maqsad qildik. Avvalombor tasavvuf ta’limotining yuzaga kelishi haqida ozgina to‘xtalib o‘tsak. Markaziy Osiyo tasavvufi uzoq va boy tarixga ega. Islom sivilizatsiyasining Hijoz, Iroq, Shom, Misr, Xuroson kabi yirik markazlari qatorida qadimiy Movarounnahr ham tasavvuf beshiklaridan biri sifatida dong taratdi. O‘lkamizda yirik so‘fiylik maktablari, oqimlari va tariqatlari vujudga kelib, dunyoga mashhur so‘fiylar yetishib chiqdi.

##submission.citations##

Xojagon-naqshbandiya tariqati XVI - XVII asrlardan boshlab Hindiston va Yaqin Sharqning turli mamlakatlariga tarqalgach, mazkur o‘lkalarda uning turli tarmoqlari vujudga keladi. Jumladan, ushbu tariqatning Shayx Ahmad Forukiy Sirhindiy (971/1564-1054/1624) tomonidan Hindistonda asos solingan tarmog‘i mujaddidiya, Shamsiddin Habibulloh Mazhar (1111/699-1195/1781) tomonidan Hindistonda asos solingan tarmog‘i mazhariya, Mavlono Ziyouddin Xolid (1193/1779-1242/1827) tomonidan Iroq va Suriyada asos solingan tarmog‘i xolidiya deb atala boshlaydi.

##submissions.published##

2026-10-11