G‘O‘ZA POYASINI YULIB OLISH MASHINALARIDA QISUVCHI MEXANIZMLARNI LOYIHALASH VA ISHCHI PARAMETRLARINI OPTIMALLASHTIRISH
##semicolon##
g‘o‘za poyasi; yulg‘ich mexanizm; qisuvchi g‘altak; javob sirti metodologiyasi; ANN-PSO; o‘tkazib yuborish darajasi; sinish darajasi.Annotatsiya
G‘o‘za poyasini butun holda yulib olish texnologiyasi biomassaning yo‘qotilishini kamaytirish, dala tozalash sifatini oshirish hamda plyonka qoldiqlarini yig‘ish jarayonini yengillashtirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada gorizontal va vertikal o‘qli kontrrotatsion g‘altakli, o‘rovchi tasmali, qisuvchi tasmali, ko‘ndalang g‘altakli hamda V-shaklidagi tishli g‘altakli yulg‘ich mexanizmlarining konstruktiv tuzilishi, ish printsipi va asosiy parametrlari qiyosiy tahlil qilingan. Qisuvchi g‘altaklar orasidagi tirqish, aylanish tezligi, g‘altak yuzasining relyefi (naqsh chuqurligi va tishlanish burchagi) hamda yerdan balandlik kabi omillarning poya sindirilish kuchi, yulish vaqti, poya sinish va o‘tkazib yuborish ko‘rsatkichlariga ta’siri Javob sirti metodologiyasi (RSM) va sun’iy neyron tarmoq — zarrachalar toʻdasi bilan optimallashtirish (ANN-PSO) usullari misolida yoritilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, ko‘ndalang g‘altakli mexanizm eng past o‘tkazib yuborish (4,55%) va sinish (7,55%) ko‘rsatkichlarini, qisuvchi tasmali mexanizm esa eng katta tortish kuchini ta’minlashi aniqlangan. Olingan xulosalar g‘o‘za poyasini yulish mashinalarining ishchi organlarini loyihalashda amaliy ahamiyat kasb etadi.
##submission.citations##
1. Zhang, J.; Li, J.; Wang, H.; Ge, J.; Zhang, Z.; Sun, H. Design and Experiment of the Clamping Mechanism for a Horizontal Shaft Counter-Rolling Cotton Stalk Pulling Machine. Agriculture, 2025, 15, 2137.
2. Cai, J.L.; Zhang, J.X.; Guo, G.; Gao, Z.B.; Wang, X.X. Improved design and test of flexible cotton stalks puller. International Journal of Agricultural and Biological Engineering, 2023, 16(3), 78–84.
3. Pandirwar, A.; Pandey, H.; Magar, A.; Roul, A.; Kumar, M.; Jyoti, B. Optimization of Counter-Rotating Cotton Stalk Puller Performance Using Response Surface Methodology and ANN-PSO Technique. Journal of Agricultural Engineering (India), 2026, 63(2), 1–16.
4. Wang, Y.; Zhang, J.; Shen, S.; Li, J.; Huo, Y.; Wang, Z. The Mechanical Analysis and Comparative Performance Test of the Roller-Type Pulling Mechanism for the Whole Cotton Stalk Pulling Machine. Agriculture, 2024, 14, 506.
5. Wang, Z.; Zhao, W.; Fu, J.; Xie, H.; Zhang, Y.; Chen, M. V-Shaped Toothed Roller Cotton Stalk Puller: Numerical Modeling and Field-Test Validation. Agriculture, 2023, 13, 1157.