ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BO‘LGAN BOLALAR UCHUN TASVIRIY SAN’ATNING AHAMIYATI
Keywords:
Alohida yordamga muhtoj bolalar, tasviriy san’at, korreksiya, kompensatsiya, korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar, ijodiy faoliyat, mayda motorika, ijodiy qobiliyat, tasavvur, tafakkur, autizm, maxsus pedagogika.Abstract
Ushbu maqolada alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun tasviriy san’atning ahamiyati yoritilgan. Rivojlanishida turli xil nuqsonlari bo‘lgan bolalar, jumladan, eshitish va ko‘rishida kamchiliklari mavjud, aqliy rivojlanishi sust, og‘ir nutqiy nuqsonlarga ega, harakat-tayanch tizimida muammolari bo‘lgan, rivojlanishi kechikkan, ko‘p nuqsonli hamda autizm sindromli bolalar haqida ma’lumot berilgan. Tasviriy san’at mashg‘ulotlari bunday bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, mayda motorikasini takomillashtirish, tasavvur va tafakkurini boyitish, diqqatini jamlash hamda o‘z fikr va his-tuyg‘ularini ifodalashiga yordam beradi. Shuningdek, mashg‘ulotlar korreksion-rivojlantiruvchi ta’limning muhim vositasi sifatida bolaning mavjud imkoniyatlarini rivojlantirish va ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashadi.
References
1. J. A Rubin Bolalar art terapiyasi 2012.
2. Susan D. Loesel The Intersection of ARTs education and special education 2012.