TURIZMNING HUDUDIY RIVOJLANISHIGA DEMOGRAFIK JARAYONLAR VA AHOLI MIGRATSIYASINING TA’SIRI (QORAQALPOG‘ISTON MISOLIDA)
Keywords:
Kalit so‘zlar: turizmning hududiy rivojlanishi, demografik jarayonlar, aholi migratsiyasi, mehnat resurslari, Qoraqalpog‘iston, sof migratsiya saldosi, turistik oqim.Abstract
Annotatsiya. Maqolada demografik jarayonlar va aholi migratsiyasining turizmning hududiy rivojlanishiga ta’siri nazariy va statistik jihatdan tahlil qilingan. Xorij, MDH, O‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘iston tadqiqotlari qiyosiy ko‘rib chiqildi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, respublika aholisi 2023-yil 1-yanvardagi 1 976,3 ming kishidan 2025-yil 1-iyulda 2 040,7 ming kishiga oshgan (yiliga taxminan 1,3%), ammo sof migratsiya saldosi uzoq vaqt manfiy (1991–2021-yillarda −256,0 ming kishi). Shu bilan birga xorijiy turistlar soni 2018-yildagi 15 274 kishidan 2025-yilda 405 800 kishiga yetgan. Tahlil natijasida turizm va demografik ko‘rsatkichlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sababiy bog‘liqlik mavjud manbalarda isbotlanmagani aniqlandi va “demografik ko‘rsatkich – ta’sir kanali – turizm choralari” tizimli modeli taklif etildi.
References
1. Auezov O.T. Qaraqalpaqstan Respublikası miynet resurslarınıń qáliplesiwinde demografiyalıq faktorlar hám xalıq migraciyasınıń tásiri // Ilim hám jámiyet. - Nukus, 2026. – №2. – B. 82–85.
2. Турениязова Д.Қ., Аметов А.К. Туризм тараўының бүгинги күндеги әҳмийети // Ilim hám jámiyet. – Nukus, 2025. – №4. – B. 61–63.
3. Джураева С.А., Камилова Н.А. Демографические изменения в Республике Узбекистан и их влияние на экономику // Results of National Scientific Research International Journal. – 2025. – Vol. 4, No. 2. – P. 182–189. – DOI: 10.5281/zenodo.15000837.
4. Ochilova X.F., Sadullayev A.A. Respublikaning professional turizm kadrlarga ehtiyoji // Iqtisodiyot va ta’lim. – Toshkent, 2023. – Vol. 24, №1. – B. 512–517. – DOI: 10.55439/ECED/vol24_iss1/a80.
5. Khramova M.N., Manshin R.V., Skoblina E.V. Tourism as a factor of migration and the formation of the Russian-speaking community in Indonesia // RUDN Journal of Economics. – 2026. – Vol. 34, No. 2. – P. 257–272. – DOI: 10.22363/2313-2329-2026-34-2-257-272.
6. Oliver-Esteban A., Romero-Calcerrada R. Tourism in depopulation contexts: a hybrid bibliometric and narrative systematic review // World. - 2026. - Vol. 7, No. 3. - Art. 40. - DOI: 10.3390/world7030040.
7. Devedžić M. Prilog izučavanju uticaja turizma na demografski razvitak // Stanovništvo. – 2007. – Vol. 45, No. 2. – P. 63–79. – DOI: 10.2298/STNV0702063D.
8. Rasmiy statistika: O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi (stat.uz) press-relizlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasining demografik ko‘rsatkichlari” (2022-yil 1-iyul; 2023-yil 1-yanvar) va “Hududlar kesimida doimiy aholi soni” (2025-yil 1-iyul); Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika boshqarmasi (qrstat.uz), “Demografik holat”, 2025-yil yanvar–mart; Qoraqalpog‘iston turizm portali (karakalpakstan.travel), 2024 va 2025-yil yakunlari. – Murojaat: 25.10.2026.