NOMODDIY AKTIVLARNING O‘ZBEKISTON TO‘QIMACHILIK KORXONALARINING GLOBAL QIYMAT ZANJIRLARIDA FUNKSIONAL MODERNIZATSIYASIGA TA’SIRI

Authors

  • Muxtarova Nurjahon Otabek qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: nomoddiy aktivlar, nomoddiy kapital, global qiymat zanjirlari, funksional modernizatsiya, funksional upgrading, strategik kompetensiyalar, brend, dizayn, intellektual mulk, to‘qimachilik sanoati.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur tadqiqotda nomoddiy aktivlarning O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarining global qiymat zanjirlaridagi funksional modernizatsiyasiga ta’sirining nazariy va amaliy mexanizmlari tadqiq etiladi. Global qiymat zanjirlari sharoitida korxonalarning raqobatbardoshligi va yaratilgan qiymatdan ulush olish imkoniyati faqat moddiy ishlab chiqarish quvvatlari bilan emas, balki texnologiya, intellektual mulk, dizayn, brend, marketing, tashkiliy bilim va raqamli kapital kabi nomoddiy resurslarga egalik qilish va ulardan samarali foydalanish darajasi bilan ham belgilanadi. Tadqiqotda nomoddiy aktivlarning funksional modernizatsiyaga bevosita emas, balki korxonada strategik kompetensiyalarni shakllantirish va yangi yuqori qiymatli funksiyalarni egallash orqali ta’sir ko‘rsatishi asoslanadi. O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining zamonaviy statistik ko‘rsatkichlari tahlili asosida tarmoqda ishlab chiqarish va tayyor mahsulot eksporti kengayayotgan bo‘lsa-da, global qiymat zanjirlarida yuqoriroq funksional pozitsiyaga o‘tish uchun nomoddiy kapitalni rivojlantirish zarurligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida “nomoddiy aktivlar → strategik kompetensiyalar → funksional kengayish → funksional modernizatsiya → qo‘shimcha qiymat” sabab-oqibat modeli taklif etiladi.

References

1. Humphrey, J., & Schmitz, H. (2002). How does insertion in global value chains affect upgrading in industrial clusters? Regional Studies, 36(9), 1017–1027.

2. Gereffi, G. (1999). International trade and industrial upgrading in the apparel commodity chain. Journal of International Economics, 48(1), 37–70.

3. Gereffi, G., Humphrey, J., & Sturgeon, T. (2005). The governance of global value chains. Review of International Political Economy, 12(1), 78–104.

4. Alsamawi, A., Cadestin, C., Jaax, A., Guilhoto, J., Miroudot, S., & Zürcher, C. (2020). Returns to intangible capital in global value chains: New evidence on trends and policy determinants. OECD Trade Policy Papers No. 240.

5. Van Assche, A. (2020). Trade, investment and intangibles: The ABCs of global value chain-oriented policies.OECD Trade Policy Papers No. 242.

6. Cadestin, C., Jaax, A., Miroudot, S., & Zürcher, C. (2021). Multinational enterprises and intangible capital. OECD Science, Technology and Industry Policy Papers.

7. Kano, L., Tsang, E. W. K., & Yeung, H. W.-C. (2020). Global value chains: A review of the multi-disciplinary literature. Journal of International Business Studies, 51, 577–622.

8. Buckley, P. J., et al. (2022). Rent appropriation in global value chains: The past, present and future of intangible assets. Global Strategy Journal.

9. OECD. (2020). Informality and globalisation. Organisation for Economic Co-operation and Development.

10. O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoatiga oid rasmiy statistik va tarmoq ma’lumotlari. (2025).

Published

2026-09-14

How to Cite

Muxtarova Nurjahon Otabek qizi. (2026). NOMODDIY AKTIVLARNING O‘ZBEKISTON TO‘QIMACHILIK KORXONALARINING GLOBAL QIYMAT ZANJIRLARIDA FUNKSIONAL MODERNIZATSIYASIGA TA’SIRI. Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 77(1), 54-62. https://modernedu-dv.org/index.php/tal/article/view/310