KICHIK QUVVATLI ATOM ELEKTR STANSIYASI (AESM) QURILISH MAYDONCHASIDA ATMOSFERA TURG'UNLIGI TOIFALARI VA SHAMOL REJIMINING 2025 YILGI REJIMLI AEROMETEOROLOGIK KUZATUVLAR ASOSIDA TAHLILI

Authors

  • Saydullayev U.Z. Author

Keywords:

Kalit so'zlar: kichik quvvatli atom elektr stansiyasi, aerometeorologik kuzatuvlar, Paskvill-Gifford turg'unlik toifalari, shamol rejimi, SODAR, shtil, radioaktiv moddalarning tarqalishi.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati Forish tumanida, Tuzkon ko'lining janubi-g'arbiy sohilida qurilayotgan kichik quvvatli atom elektr stansiyasi (AESM) maydonchasida 2025 yil davomida o'tkazilgan rejimli aerometeorologik kuzatuvlar natijalari asosida atmosfera turg'unligi toifalari va shamol rejimi tahlil qilinadi. Kuzatuvlar Vaisala MAWS 310 avtomatik meteorologik stansiyasi hamda Scintec SODAR MFAS akustik profilometri yordamida 10, 50, 100 va 200 m balandliklarda soatlik tartibda olib borildi. Paskvill-Gifford usuli (σθ-metod, EPA-454/R-99-005 bo'yicha) asosida aniqlangan turg'unlik toifalarining yillik taqsimotida neytral (D) toifa yil davomida ustunlik qiladi (38.4%), qish faslida esa turg'un (F) toifaning ulushi sezilarli darajada oshadi (36.7%) — bu sovuq davrda ifloslantiruvchi moddalarning vertikal tarqalishi susayishi va yer yuzasiga yaqin joyda to'planish xavfi ortishidan dalolat beradi. Shuningdek, 10-50 m balandlik oralig'ida shtil va zaif shamol holatlari o'rtacha 45-58% chastota bilan kuzatilgani, bu ko'rsatkichning reaktor ventilyatsiya trubasining samarali chiqindi balandligi oralig'ida deyarli bir xilligi aniqlandi. Olingan natijalar AESM maydonchasida avariya holatida radioaktiv moddalarning tarqalishini bashoratlash va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun boshlang'ich meteorologik asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.

References

1. SP 151.3330.2012. Инженерные изыскания для размещения, проектирования и строительства АЭС. Часть I. — Rossiya Qurilish federal agentligi (Gosstroy).

2. SP 11-103-97. Инженерно-гидрометеорологические изыскания для строительства. — PNIIIS, Rossiya Gosstroyi.

3. RD 95.10531-96. Руководство по гидрологическому обоснованию ТЭО и проектов АЭС. — «Atomenergoproyekt» DITKI.

4. SP 131.13330-2012. Строительная климатология. — Rossiya Qurilish va TKX vazirligi, Moskva, 2015.

5. SP 33-101-2003. Определение основных расчетных гидрологических характеристик. Gosstroy qarori, 26.12.2003, N 218.

6. ShNK 1.02.10-23. Inженерно-гидрометеорологические изыскания для строительства. Свод правил. — Toshkent, 2023.

7. ShNK 1.02.07-19. Inженерно-технические изыскания для строительства. Основные положения. — Toshkent, 2019.

8. ShNK 2.01.01-22. Климатические и физико-геологические данные для проектирования. — Goskomarxitektstroy, Toshkent, 2023.

9. KMK 2.01.07-96. Нагрузки и воздействия. — Toshkent, 1996-1998.

10. KMK 2.01.14-98. Определение расчетных гидрологических характеристик. — Goskomarxitektstroy, Toshkent, 1994.

11. Методические рекомендации по расчету специализированных климатических характеристик для обслуживания различных отраслей экономики. Строительство. Транспорт. — Sankt-Peterburg, 2017.

12. WMO-No. 550. Guidelines on Meteorological and Hydrological Aspects of Siting and Operation of Nuclear Power Plants. — Geneva, 2020.

13. WMO-No. 1203. Guidelines on the Calculation of Climate Normals. — Geneva, 2017.

14. EPA-454/R-99-005. Meteorological Monitoring Guidance for Regulatory Modeling Applications. — U.S. Environmental Protection Agency, 2000.

Published

2026-09-23

How to Cite

Saydullayev U.Z. (2026). KICHIK QUVVATLI ATOM ELEKTR STANSIYASI (AESM) QURILISH MAYDONCHASIDA ATMOSFERA TURG’UNLIGI TOIFALARI VA SHAMOL REJIMINING 2025 YILGI REJIMLI AEROMETEOROLOGIK KUZATUVLAR ASOSIDA TAHLILI. Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 77(1), 418-425. https://modernedu-dv.org/index.php/tal/article/view/457