NAZAR ESHONQUL ASARLARIDA IJTIMOIY ILLATLARNING RAMZIY TALQINI
Keywords:
Kalit so'zlar: Nazar Eshonqul, ramz, ijtimoiy illat, grotesk, satira, modernizm, mahalla,Abstract
Annotatsiya. Maqolada zamonaviy o'zbek nasrining yirik vakili Nazar Eshonqulning "Maymun yetaklagan odam" hikoyasi va "Qo'l" qissasida ijtimoiy illatlarning ramziy obrazlar orqali talqin etilishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda germenevtik, semiotik va qiyosiy-tipologik tahlil usullaridan foydalanilgan. Tahlil natijasida ikki asarda ramzlarning ikki tizimi aniqlangan. "Maymun yetaklagan odam"da maymun va kishan, qora rang, suratlar xronologiyasi, qo'lansa hid va uy ramzlari mafkuraviy zo'ravonlik, e'tiqodning puchga chiqishi, ma'naviy chirish va meros masalalarini ifodalaydi. "Qo'l"da egasiz qo'l, dasturxon va ilik, chodir hamda mish-mish orqali kattalashib borgan qo'l obrazlari tamagirlik, poraxo'rlik, xurofot, rasmiyatchilik va g'iybat kabi illatlarni fosh etadi. Muallif Eshonqul ramzlari bir ma'noli allegoriya emas, balki ko'p qatlamli belgi ekanini, yozuvchi ijtimoiy illatni alohida shaxsning emas, butun ijtimoiy tartibning xususiyati sifatida talqin etishini asoslaydi.
References
1. Allworth, E. A. (1990). The modern Uzbeks: From the fourteenth century to the present. A cultural history. Hoover Institution Press.
2. Bakhtin, M. (1984). Rabelais and his world (H. Iswolsky, Trans.). Indiana University Press.
3. Ochilov, U. (2026). Transcultural magical realism: a comparative analysis of Stephen King’s American supernatural fiction and Nazar Eshonqul’s Central Asian narratives. Cogent Arts & Humanities, 13(1), 2628406.
4. Tolibova, N. N., & Pulatova, S. K. (2021). The Concept of Translation and Pragmatics. Uzbekistan: Scientific reports, Bukhara State University.
5. Haydarovna, P. S., & Nosirovna, T. N. Innovative Methods OF Teaching English. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(4), 776-779.