KARYER GIDRAVLIK EKSKAVATORLARNI KUCH GIDROSILINDRLARINING ICHKI SIZIB O‘TISHINI TERMOGIDRAVLIK VA KINEMATIK PARAMETRLAR ASOSIDA DIAGNOSTIKA QILISH USULINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: Gidravlik ekskavator, gidrosilindr, ichki sizib o‘tish, zichlagich, termografiya, bosim, texnik diagnostika, gidravlik energiya yo‘qotilishi, shtok tezligi, qoldiq resurs.Abstract
Annotatsiya: Maqolada karyer gidravlik ekskavatorlarining ishchi organlarini harakatlantiruvchi kuch gidrosilindrlarida ekspluatatsiya jarayonida yuzaga keladigan ichki sizib o‘tish holatini erta aniqlash masalasi ko‘rib chiqilgan. Gidrosilindr zichlagichlarining yeyilishi natijasida kameralar orasida ichki suyuqlik oqimi paydo bo‘lishi gidravlik energiyaning foydasiz sarflanishiga, ishchi organning harakat tezligi pasayishiga va ish siklining davomiyligi ortishiga olib kelishi mumkin. Tadqiqotning asosiy g‘oyasi ichki sizib o‘tishni faqat bitta diagnostik belgi orqali emas, balki termik, gidravlik va kinematik parametrlarning o‘zaro bog‘langan o‘zgarishi asosida baholashdan iborat. Ichki sizib o‘tishning gidravlik quvvat yo‘qotilishi bilan bog‘lanishi Pleak = Δp · Qint ifoda orqali asoslangan. Shuningdek, ideal va sizib o‘tish mavjud bo‘lgan ish rejimlari uchun gidrosilindr shtokining harakat tezligi hamda yurish vaqti o‘rtasidagi bog‘lanishlar keltirilgan. Termografik nazoratning o‘zi nosozlikning yagona isboti sifatida qabul qilinmay, bosim, ichki sizib o‘tish sarfi, shtok tezligi va ish sikli davomiyligi bilan kompleks baholash taklif etilgan. Gidrosilindrni demontajdan keyingi defektatsiya natijalari esa diagnostik belgilarni haqiqiy fizik yeyilish bilan verifikatsiya qiluvchi mezon sifatida qaralgan. Taklif etilayotgan yondashuv karyer ekskavatorlarining kuch gidrosilindrlarini texnik holatiga ko‘ra diagnostika qilish va kelgusida qoldiq foydali resursini baholash uchun metodik asos yaratadi.
References
[1] Qiu Z., Min R., Wang D., Fan S. Energy features fusion based hydraulic cylinder seal wear and internal leakage fault diagnosis method. Measurement. 2022. Vol. 195. Article 111042. DOI: 10.1016/j.measurement.2022.111042.
[2] Shanbhag A., et al. Condition monitoring of hydraulic cylinder seals using acoustic emissions. The International Journal of Advanced Manufacturing Technology. 2020. Vol. 109. P. 1727–1739. DOI: 10.1007/s00170-020-05738-4.
[3] Shanbhag A., et al. Defining acoustic emission-based condition monitoring indicators for monitoring piston rod seal and bearing wear in hydraulic cylinders. The International Journal of Advanced Manufacturing Technology. 2021. DOI: 10.1007/s00170-021-07340-8.
[4] Chen P., Chua P.S.K., Lim G.H. A study of hydraulic seal integrity. Mechanical Systems and Signal Processing. 2007. Vol. 21, No. 2. P. 1115–1126. DOI: 10.1016/j.ymssp.2005.09.002.
[5] Experimental study of hydraulic cylinder leakage and fault feature extraction based on wavelet packet analysis. Computers & Fluids. 2015. Vol. 106. P. 33–40. DOI: 10.1016/j.compfluid.2014.09.034.
[6] Acoustic Emission-Based Condition Monitoring and Remaining Useful Life Prediction of Hydraulic Cylinder Rod Seals. Sensors. 2021. Vol. 21. Article 6012.
[7] Wrat G., Bhola M. Data-Driven Characterization of Leakage Faults in Hydraulic Cylinders for Sustainable Maintenance Planning. Machines. 2026. Vol. 14. Article 917. DOI: 10.3390/machines14080917.
[8] Li D., Li J., Du X., Li J., Li T. Physics-guided neural surrogate model for hydraulic cylinder condition assessment and clearance prediction. Expert Systems with Applications. 2026. Vol. 310. Article 131262. DOI: 10.1016/j.eswa.2026.131262.