YIG‘MA YO‘NALISHLI KONTEYNER POEZDLARINING OPTIMAL YO‘NALISH TARMOG‘INI MODELLASHTIRISH

Authors

  • Boboyev D.Sh. Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: konteyner tashuvlari, konteyner poyezdi, yig‘ma yo‘nalishli konteyner poyezdi, optimal marshrut, transport tarmog‘i, konteyner terminali, talab matritsasi, iqtisodiy-matematik model, optimallashtirish, yetkazib berish vaqti, marshrutlash, graf modeli.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada konteyner tashuvlarini samarali tashkil etish va konteyner poyezdlarining optimal harakat yo‘nalishlarini shakllantirish masalalari tadqiq etilgan. Konteyner terminalida yuklarni belgilangan manzillarga o‘z vaqtida yetkazib berish, konteynerlarni vagonlarga to‘plash vaqtini qisqartirish hamda avtomobil transportidan temir yo‘l transportiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta yuklash ulushini oshirishga qaratilgan tashkiliy va texnologik yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Yig‘ma yo‘nalishli konteyner poyezdlarining muqobil marshrutlarini modellashtirish uchun transport tarmog‘i graf ko‘rinishida ifodalangan hamda konteynerlarni boshlang‘ich punktdan yakuniy manzilgacha yetkazib berish vaqtini minimallashtirish mezoni asosida iqtisodiy-matematik model ishlab chiqish yondashuvi taklif etilgan. Shuningdek, talab matritsasidan foydalanib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yig‘ma yo‘nalishli konteyner poyezdlarini bosqichma-bosqich shakllantirish algoritmi ishlab chiqilgan. Modelni amaliy hisoblashda MS Excel dasturining “Yechimni qidirish” vositasidan foydalanish imkoniyati asoslangan. Taklif etilgan yondashuv konteyner oqimlarini ratsional taqsimlash, poyezd marshrutlarini optimallashtirish va temir yo‘l konteyner tashuvlarining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

References

1. Ziyoda Mukhamedova, Diyor Boboev. Research on improving the modern transport system in the process of cargo delivery. Railway transport: current issues and innovations, 3(1), 2022/3/28, 15–24.

2. J. Shihnazarov, D. Boboev, M. Dehkonov, D. Ikramova. Choice of an efficient mode of transport on the basis of comparison of technical and economic indicators of types of transport. - E3S Web of Conferences, 2023, 1-7

3. Ziyoda Mukhamedova, Diyor Boboyev, Shukhrat Saidivaliev, Rustam Abdullaev, Jamshid Kobulov, Sardorbek Akhmedov, Sherzod Fayzibayev. Mathematical modeling of fastening conditions in piggyback transport: ensuring safety and stability across different transport modes. Discover Applied Sciences: 2025/6/8, 619. https://link.springer.com/article/10.1007/s42452-025-07188-7

4. Bozorov R. Sh, Boboev D. Sh. Methods of installation of wire rope and binder when securing loads. Pedagogs: 2025/5/30, 76-84.

5. Do‘lobov D., Boboyev D. Sh. Stages of development of the organization of wagon flows. Editorial board: 2024/10/7, 219.

6. Ziyoda Adilova, Diyor Boboyev, Navruz Axtamov. Mathematical model of fastening conditions in container transportation taking into account various conditions. Transport bulletin: 2024/9/30, 98-103.

7. Boboyev Diyor Shomurotovich. Placing vehicles on the railway platform when organizing counter-trailer transportation. Journal of new century innovations: 2022/12/7, 17-21.

Published

2026-10-06

How to Cite

Boboyev D.Sh. (2026). YIG‘MA YO‘NALISHLI KONTEYNER POEZDLARINING OPTIMAL YO‘NALISH TARMOG‘INI MODELLASHTIRISH. Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 78(1), 173-177. https://modernedu-dv.org/index.php/tal/article/view/593