AESM QURILISH MAYDONCHASI YAQINIDAGI TUZKON KO'LINING SUV SATHI VA HARORAT REJIMINING 2025 YILGI REJIMLI GIDROLOGIK KUZATUVLAR ASOSIDA TAHLILI

Authors

  • Saydullayev U.Z. Author

Keywords:

Kalit so'zlar: kichik quvvatli atom elektr stansiyasi, Tuzkon ko'li, gidrologik kuzatuvlar, suv sathi rejimi, suv harorati rejimi, Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi, gidropost.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati Fоrish tumanida qurilayotgan kichik quvvatli atom elektr stansiyasi (AESM) maydonchasi yaqinidagi Tuzkon ko'lida (Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi — AAKT tarkibida) 2025 yil davomida o'tkazilgan rejimli gidrologik kuzatuvlar natijalari asosida ko'lning suv sathi va harorat rejimi tahlil qilinadi. Kuzatuvlar «Tuzkon» gidrologik postida RGO-2 tipidagi suv o'lchagich reyka va TM-10 termometri yordamida kuniga uch marta (8:00, 14:00, 20:00) olib borildi. Tahlil natijalariga ko'ra, 2025 yilda ko'l sathi qishki-bahorgi davrda ko'tarilib, yozgi-kuzgi davrda pasaydi: yillik maksimal sath 244.28 m (8 may), minimal sath esa 243.19 m (11 dekabr) da qayd etildi — bu ko'rsatkich 2018 yildan buyon olib borilgan kuzatuvlar tarixidagi eng past sath hisoblanadi. Ko'p yillik dinamika tahlili shuni ko'rsatadiki, ko'l sathi 2020 yildagi ~245 m dan 2025 yil boshiga kelib 243.37 m gacha pasaygan, bu esa Chordara suv omboridan chiqariladigan suv hajmining qisqarishi bilan bog'liq regressiv fazaning davom etayotganidan dalolat beradi. Suv harorati rejimida yanvar oyida 0.4°C dan iyul oyida 34.0°C gacha o'zgardi, kuzatuv davomida ko'l suvining muzlashi qayd etilmadi. Olingan natijalar AESM maydonchasining suv ta'minoti va gidrologik xavfsizligini asoslashda, shuningdek ko'l sathining ko'p yillik pasayish tendensiyasini kuzatib borishda amaliy ahamiyatga ega.

References

1. SP 151.3330.2012. Инженерные изыскания для размещения, проектирования и строительства АЭС. Часть I. — Rossiya Qurilish federal agentligi (Gosstroy).

2. RD 95.10531-96. Руководство по гидрологическому обоснованию ТЭО и проектов АЭС. — «Atomenergoproyekt» DITKI.

3. SP 131.13330.2012. Строительная климатология. — Rossiya Qurilish va TKX vazirligi, Moskva, 2015.

4. SP 33-101-2003. Определение основных расчетных гидрологических характеристик. — Gosstroy qarori, 26.12.2003, N 218.

5. SP 11-103-97. Инженерно-гидрометеорологические изыскания для строительства. — PNIIIS, Rossiya Gosstroyi, 1997.

6. Наставление гидрометеорологическим станциям и постам, вып. 7, ч. 1 (Гидрометеорологические наблюдения на озёрах и водохранилищах). — GUGMS, 1974.

7. Клибашев К.П., Горошков И.Ф. Гидрологические расчёты. — Leningrad: Gidrometeoizdat, 1970.

8. Никитин А.М. Озёра Средней Азии. — 1987.

9. Чуб В.Е. Изменение климата и его влияние на гидрометеорологические процессы. Агроклиматические и водные ресурсы Республики Узбекистан. — NIGMI, Toshkent, 2007.

Published

2026-10-06

How to Cite

Saydullayev U.Z. (2026). AESM QURILISH MAYDONCHASI YAQINIDAGI TUZKON KO’LINING SUV SATHI VA HARORAT REJIMINING 2025 YILGI REJIMLI GIDROLOGIK KUZATUVLAR ASOSIDA TAHLILI. Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 78(1), 203-208. https://modernedu-dv.org/index.php/tal/article/view/597