O'ZBEK VA INGLIZ ADABIYOTIDA "OY" VA "MOON" KONSEPTLARINING EVOLYUTSIYASI

Authors

  • Sharipova Bahora Odiljonovna Author

Abstract

XX–XXI asrlar zamonaviy o'zbek adabiyotida "Oy" konsepti klassik an'ananing davomi sifatida rivojlanib, yangi davr talablariga muvofiq yangi semantik qatlamlar bilan boyidi. Abdulla Oripov she'riyatida Oy — milliy uyg'onish va mustaqillik orzu-intilishlarining timsoli sifatida ifodalanadi. "O'zbekiston" she'ridagi Oy obrazi vatanparvarlik tuyg'ularining kuchayishi bilan bevosita bog'lanib, milliy ruh va tarixiy xotira bilan birlashadi.

Muhammad Yusuf ijodida Oy obrazi zamondosh o'zbek kishisining ruhiy olamini ifodalashda markaziy vositaga aylanadi. Uning qator she'rlarida Oy — tezkor zamonaviy hayotda yo'qolayotgan milliy qadriyatlar va an'analarning nostalgik timsoli sifatida ko'rinadi. "Zebijon" she'rida Oyning yolg'izligi va zamona kishisining yolg'izligi o'rtasida chuqur parallellik o'rnatiladi

Zamonaviy ingliz adabiyotida Filipp Larkin, Ted Hyuz, Sylvia Plat va Seamus Hini kabi shoirlar "Moon" konseptini o'ziga xos postmodern talqinda ishlatishgan. Silvia Platning "Moon and the Yew Tree" she'rida (1961) Oy — quyidagicha tasvirlangan: ovozli, sovuq, sharmandalik kabi sifatlar bilan tasvirlangan Oy obrazi inson ruhiyatining eng qorong'u qatlamlarini aks ettiradi. Platda Oy — sog'lom va kasal, tirik va o'lik o'rtasidagi chegarada turuvchi dahshatli timsol sifatida ko'rinadi.

Ted Hyuzning "Crow" to'plami she'rlarida Oy primitiv qorong'u kuchning timsoliga aylanib, sivilizatsiyagacha bo'lgan ibtidoiy dunyoning eslatmasiga aylanadi. Bu zamonaviy ingliz she'riyatida Oyning regresiv-ibtidoiy funksiya kasb etishi sifatida tavsiflanishi mumkin bo'lib, o'zbek she'riyatidagi Oyning asosan progressiv-go'zallashtiruvchi funksiyasidan tubdan farq qiladi.

References

1. Лотман Ю.М. Структура художественного текста. — М.: Искусство, 1970. — С. 201.

2. Орипов А. Шеърлар. — Т.: Ғ.Ғулом, 1990. — Б. 123.

3. Юсуф М. Танланган шеърлар. — Т.: Шарқ, 2005. — Б. 88.

4. Plath S. Collected Poems. — London: Faber and Faber, 1981. — P. 172.

5. Hughes T. Crow. — London: Faber and Faber, 1970. — P. 45.

6.Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий. Асарлар тўплами. — Т.: Фан, 1989. — Б. 234.

7.Marlowe C. Doctor Faustus. — London: Methuen, 1965. — P. 67.

8.Beckett S. Waiting for Godot. — London: Faber and Faber, 1956. — P. 89.

Published

2026-10-06

How to Cite

Sharipova Bahora Odiljonovna. (2026). O’ZBEK VA INGLIZ ADABIYOTIDA "OY" VA "MOON" KONSEPTLARINING EVOLYUTSIYASI. Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 78(1), 209-210. https://modernedu-dv.org/index.php/tal/article/view/598