ZARGARLIK BUYUMLARINING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI

Authors

  • Abulova Zulfiya Zaripovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: zargarlik, taqinchoq, yosh kategoriyasi, qiz, kelin, ayol, kampir, etnolingvistika, lingvomadaniyat, milliy madaniyat, zargarlik leksikasi, taqinchoq nomlari.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek xalqining an’anaviy zargarlik buyumlari va taqinchoqlarining yoshga oid xususiyatlari etnografik, lingvomadaniy hamda funksional jihatdan tahlil qilinadi. Zargarlik buyumlari o‘zbek xalqining moddiy va ma’naviy madaniyatida muhim o‘rin egallab, nafaqat estetik bezak, balki shaxsning yoshi, oilaviy holati, ijtimoiy mavqei, marosimiy maqomi va etnomadaniy mansubligini ifodalovchi vosita sifatida ham xizmat qilgan. Tadqiqotda qizaloq, o‘smir qiz, turmushga chiqmagan qiz, kelin, turmush qurgan ayol hamda yoshi ulug‘ ayollar taqadigan zargarlik buyumlarining o‘ziga xos jihatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, taqinchoq nomlarining yosh va ijtimoiy maqom bilan bog‘liq semantik xususiyatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari zargarlik leksikasini etnolingvistik va lingvomadaniy jihatdan o‘rganishda yosh kategoriyasi alohida tasnifiy mezon bo‘la olishini ko‘rsatadi

References

1. Faxretдинова D.A. Ювелирное искусство Узбекистана. – Ташкент: Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1988. – 204 2. Pardayeva I. Zargarlik terminlarining tematik tasnifi. – O‘zbek va qozoq tillarida zeb-ziynat nomlarini ifodalovchi terminlarning ishlatilishi va nomlanishi masalalari.

3. Borozna N.G. Виды женских ювелирных украшений у народов Средней Азии и Казахстана // Советская этнография. – 1974. – № 1. – Б. 32–44.

4. Turaboyeva Y.R. O‘zbek ayollari taqinchoqlari // Ilmiy xabarnoma. Seriya: Gumanitar tadqiqotlar. – 2023. – № 7(75). – B. 22–31.

Published

2026-10-06

How to Cite

Abulova Zulfiya Zaripovna. (2026). ZARGARLIK BUYUMLARINING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI. Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 78(1), 250-255. https://modernedu-dv.org/index.php/tal/article/view/606