BOLALIK, O‘SMIRLIK VA KATTALIKNING BADIIY MODELI
Keywords:
Kalit so‘zlar: bolalik, o‘smirlik, kattalik, coming-of-age, badiiy model, shaxs, xarakter, psixologizm, identitet, axloqiy tanlov, konflikt, qiyosiy-tipologik tahlil.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada bolalik, o‘smirlik va kattalikning badiiy adabiyotdagi ifodasi hamda ushbu davrlarning shaxs shakllanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Inson hayotining mazkur bosqichlari faqat biologik yoki xronologik davrlar sifatida emas, balki qahramonning dunyoqarashi, ruhiyati, axloqiy qarashlari va ijtimoiy munosabatlaridagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi badiiy kategoriyalar sifatida o‘rganiladi. Bolalik davri beg‘uborlik, ishonch, tasavvur va dastlabki hayotiy tajribalar bilan; o‘smirlik ichki konflikt, o‘zlikni izlash, mustaqillikka intilish va ijtimoiy muhit bilan ziddiyatlar orqali; kattalik esa mas’uliyat, axloqiy tanlov, o‘zini anglash va shaxsiy identitetning shakllanishi bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Maqolada badiiy obraz, xarakter, psixologizm, konflikt va qiyosiy-tipologik yondashuvlarning mazkur jarayonlarni o‘rganishdagi ahamiyati ham yoritiladi.
References
1. Jo‘raqulov U., Hamroyev K. Qiyosiy adabiyotshunoslik. – Toshkent: Lesson Press, 2021. – 186 b.
2. Nazarov B. O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: ta’sir va tipologiya. – Toshkent: Muharrir, 2019.
3. Boboyev T. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: O‘qituvchi, 1979.
4. Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: Universitet, 2000.
5. Qo‘chqorov U. Fantastik asarlarda badiiy psixologizm konsepsiyasi. – Samarqand: Samo nashri, 2024.
6. Xamidullayeva G.A. O‘zbek va rus nasrida badiiy psixologizm: ijodkor fitrati va davr muammosi. – Toshkent, 2023.
7. Karabakır T., Golban P. The Bildungsroman as Monomythic Fictional Discourse: Identity Formation and Assertion in Great Expectations. Humanitas, 2019.