COMING-OF-AGE KONSEPSIYASINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TADQIQ METODOLOGIYASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: coming-of-age, qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy-tipologik metod, badiiy obraz, xarakter, psixologizm, identitet, axloqiy tanlov, bolalik, o‘smirlik, kattalik, milliy xususiyat.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy adabiyotshunoslikda muhim badiiy-estetik hodisalardan biri sifatida shakllanayotgan coming-of-age konsepsiyasini qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq etish metodologiyasi yoritiladi. Coming-of-age tushunchasi insonning bolalikdan o‘smirlikka, o‘smirlikdan esa kattalik bosqichiga o‘tish jarayonini anglatib, unda shaxsning psixologik, axloqiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatdan shakllanishi muhim o‘rin tutadi. Maqolada mazkur konsepsiyani tadqiq etishda qiyosiy-tipologik metodning imkoniyatlari, badiiy obraz, xarakter, psixologizm, ijtimoiy muhit, axloqiy tanlov va identitet kategoriyalarining o‘zaro aloqasi tahlil qilinadi. Shuningdek, ingliz-amerika va o‘zbek nasrida coming-of-age modelining umumiy hamda milliy-o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashning metodologik tamoyillari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda tipologik o‘xshashlikni adabiy ta’sir va bevosita ijodiy aloqadan farqlash zarurligiga alohida e’tibor qaratiladi.
References
1. Jo‘raqulov U., Hamroyev K. Qiyosiy adabiyotshunoslik. – Toshkent: Lesson Press, 2021.
2. Nazarov B. O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: ta’sir va tipologiya. – Toshkent: Muharrir, 2019.
3. Coats K. The Oxford Handbook of Young Adult Literature. – Oxford University Press, 2026.
4. Tartt D. The Little Friend. – New York: Alfred A. Knopf, 2002.
5. Bo‘rixon L. Quyosh hali botmagan. – Toshkent, 2018.
6. Bo‘rixon L. Jaziramadagi odamlar. – Toshkent.