OSHQAZON OSTİ BEZİ SARATONİNİNG PATOMORFOLOGİK VA İMMUNOGİSTOKİMYOVİY YOSHGA BOG‘LİQ XUSUSİYATLARİ
Abstract
Dunyo aholisi orasida onkologik kasalliklar orasida o‘limga olib keluvchi patologiyalar ichida oshqozon osti bezi saratoni JSST (BSST) 2023 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori xavflilik darajasi bo‘yicha yetakchi 3-4 o‘rinlardan birini egallaydi. Ovqat hazm qilish tizimi xavfli o‘smalari ichida oshqozon osti bezi adenokartsinomasi eng yomon prognozga ega bo‘lib, jami onkologik o‘lim ko‘rsatkichlarining salmoqli qismini tashkil etadi. Asosiy kontingent JSST ning yosh bo‘yicha taklif etgan tasnifiga ko‘ra, 60-74 yoshli keksalar hamda so‘nggi yillarda kasallikning sezilarli darajada yosharishi kuzatilayotganligi sababli 45-59 yoshli mehnatga layoqatli aholi qatlami orasida ham yuqori ko‘rsatkichlar bilan belgilanmoqda.
JSST ning so‘nggi 2020-2024 yillardagi global tahlillariga ko‘ra, oshqozon osti bezi saratoni bilan kasallanish va undan o‘lim holatlarining yosh taqsimotida 18-44 yoshlilarda 5-8% ni, 45-59 yoshlilarda 30,2% ni, 60-74 yoshlilarda 45,6% ni va 75 yoshdan oshganlarda qolgan foiz oralig‘ini tashkil etishi qayd etilgan. G‘arb davlatlari (AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi) va rivojlangan Osiyo mamlakatlarida (Janubiy Koreya, Yaponiya) ushbu patologiya ko‘proq 65 yoshdan oshgan aholi orasida diagnostika qilinayotgan bo‘lsa, Rossiya Federatsiyasi, MDH davlatlari va rivojlanayotgan mamlakatlarda (Hindiston, Pokiston, Lotin Amerikasi) noqulay ekologik omillar, nosog‘lom ovqatlanish, surunkali stress va haftalik ish yuklamasining 50-55 soatdan oshib ketishi natijasida kasallikning mehnatga layoqatli (45-59 yosh) yosh qatlamida uchrash darajasi keskin ortib bormoqda. Bu esa davlatning iqtisodiy-ijtimoiy tamoyillariga, mehnat resurslariga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.