ALKALOIDLAR SAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLAR: KIMYOVIY TARKIBI VA FARMAKOLOGIK TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: alkaloidlar, dorivor o‘simliklar, biologik faol moddalar, farmakognoziya, farmakologik ta’sir, morfin, atropin, skopolamin, xinin, berberin, efedrin, o‘simlik xomashyosi, standartlashtirish.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada alkaloidlar saqlovchi dorivor o‘simliklarning kimyoviy tarkibi, asosiy alkaloid guruhlari, ularning biologik va farmakologik faolligi hamda farmatsevtik amaliyotdagi ahamiyati tahlil qilingan. Alkaloidlar tarkibida azot saqlovchi, ko‘pincha asos xususiyatiga ega bo‘lgan murakkab ikkilamchi metabolitlar guruhi bo‘lib, o‘simliklarning himoya mexanizmlarida muhim biologik vazifani bajaradi. Papaveraceae, Solanaceae, Ranunculaceae, Fabaceae, Rubiaceae, Berberidaceae, Amaryllidaceae kabi oilalar alkaloidlarga boy dorivor o‘simliklarning muhim manbalari hisoblanadi. Maqolada morfin, kodein, papaverin, atropin, giossiamin, skopolamin, xinin, berberin, kofein, efedrin va boshqa alkaloidlarning kimyoviy xususiyatlari hamda farmakologik ta’siri yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo florasidagi alkaloid saqlovchi o‘simliklarning ilmiy-amaliy istiqbollari, alkaloidlarni ajratib olish, identifikatsiya qilish va standartlashtirishning zamonaviy usullari ko‘rib chiqilgan. Alkaloidlarning yuqori biologik faolligi ularni dori vositalari yaratishda muhim xomashyo sifatida belgilaydi, biroq ayrim vakillarining toksikligi sababli xomashyoni standartlashtirish, faol moddalar miqdorini nazorat qilish va farmakologik xavfsizlikni baholash alohida ahamiyat kasb etadi.
References
1. Adamski, Z., Czyżowska, A., Roman, A., & Łoś, A. (2020). Biological activities of alkaloids: From toxicology to pharmacology. Toxins, 12(10), 659.
2. Cushnie, T. P. T., Cushnie, B., & Lamb, A. J. (2014). Alkaloids: An overview of their antibacterial, antibiotic-enhancing and antivirulence activities. International Journal of Antimicrobial Agents, 44(5), 377–386.
3. Dembitsky, V. M., Gloriozova, T. A., & Poroikov, V. V. (2015). Naturally occurring plant isoquinoline N-oxide alkaloids: Their chemistry, biological activities, and prospects in medicine. Phytomedicine, 22(2), 183–202.
4. Kaur, R., Arora, S., & Singh, B. (2011). Alkaloids—Important therapeutic secondary metabolites of plant origin. Journal of Critical Reviews, 2, 1–17.
5. Mamadalieva, N. Z., Siddikov, D. R., & Sagdullaev, S. S. (2018). Medicinal plants of the Apiaceae and Rutaceae families from the Chimgan Mountains (Uzbekistan): Ethnopharmacology, chemical composition and biological activities. Current Traditional Medicine, 4(3), 166–183.
6. Yunusov, S. Y. (1981). Alkaloidy. Fan..
7. Tayjanov, K., Mamadalieva, N. Z., & Wink, M. (2017). Diversity of the mountain flora of Central Asia with emphasis on alkaloid-producing plants. Diversity, 9(1), 11.
8. Aripova, S. F., Khuzhaev, V. U., & Shakirov, R. Sh. (2020). Optimization for isolation of the sum of alkaloids from Datura stramonium of Uzbekistan flora. Chemistry of Natural Compounds.World Health Organization. (2007). WHO guidelines for assessing quality of herbal medicines with reference to contaminants and residues. World Health Organization.