UMARALI NORMATOV IJODIDA ADABIY SUHBAT: MULOQOT POETIKASI VA TANQIDIY TAFAKKUR
Keywords:
Kalit so‘zlar: Umarali Normatov, adabiy suhbat, adabiy tanqid, muloqot, ijod psixologiyasi, iste’dod, badiiy haqiqat, tanqidiy tafakkur, ijodkor shaxsi, adabiy jarayon.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada Umarali Normatov ijodida adabiy suhbat janrining o‘rni, uning tanqidiy-estetik tafakkurni ifodalashdagi imkoniyatlari va janriy xususiyatlari tahlil qilinadi. “Talant tarbiyasi” kitobi hamda olimning keyingi adabiy-tanqidiy asarlari misolida suhbatning ijodkor shaxsini ochish, ijod psixologiyasi, iste’dod va mehnat munosabati, badiiy haqiqat, adabiy jarayon va tanqid masalalarini jonli muloqot orqali yoritishdagi roli ko‘rsatiladi. U. Normatov suhbatlarida savol-javob shakli oddiy axborot olish vositasi emas, balki ijodiy laboratoriyani ochuvchi, fikrni bahs va mushohada jarayonida shakllantiruvchi ilmiy-estetik metod sifatida talqin qilinadi.
References
1. Normatov U. Talant tarbiyasi. – Toshkent, 1980.
2. Normatov U. Qalb inqilobi. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1986.
3. Normatov U. Qodiriy bog‘i. – Toshkent: Yozuvchi, 1996.
4. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2000.
5. Normatov U. Tafakkur yog‘dusi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2005.
6. Normatov U. Ijod sehri. – Toshkent, 2007.
7. Umarali Normatov. Bibliografiya. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashri.