OZOD SHARAFIDDINOV ILMIY MEROSI: MILLIY ADABIY TAFAKKUR VA TANQIDIY MEZONLAR UYG‘UNLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Ozod Sharafiddinov, adabiy tanqid, ilmiy meros, milliy tafakkur, badiiylik, estetik mezon, Cho‘lpon, ijodkor shaxsi, adabiy jarayon, talqin.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada Ozod Sharafiddinovning ilmiy-adabiy merosi o‘zbek adabiy tanqidchiligi taraqqiyoti, badiiylik mezonlari va milliy tafakkurni yangilash jarayonlari bilan uzviy bog‘liq holda tahlil qilinadi. Olimning “Zamon. Qalb. Poeziya”, “Adabiy etyudlar”, “Talant – xalq mulki”, “Cho‘lponni anglash” va “Ijodni anglash baxti” kabi asarlarida shakllangan tanqidiy konsepsiya, ijodkor shaxsiga munosabat, badiiy asarni estetik va ma’naviy mezonlarda baholash tamoyillari yoritiladi. Shuningdek, Sharafiddinovning mustaqillik davrida adabiy merosni qayta idrok etish, milliy xotirani tiklash va o‘zbek adabiyotini jahon adabiy jarayoni bilan bog‘lashdagi ilmiy xizmatlari ochib beriladi.
References
1. Sharafiddinov O. Zamon. Qalb. Poeziya. – Toshkent: Badiiy adabiyot nashriyoti, 1962.
2. Sharafiddinov O. Adabiy etyudlar. – Toshkent, 1968.
3. Sharafiddinov O. Talant – xalq mulki. – Toshkent: Yosh gvardiya, 1979.
4. Sharafiddinov O. Cho‘lponni anglash. – Toshkent: Yozuvchi, 1994.
5. Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. – Toshkent: Sharq, 2004. – 640 b.
6. Sharafiddinov O. Go‘zallik izlab. – Toshkent, 1985.
7. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1999.