MATYOQUB QO‘SHJONOV ILMIY MEROSIDA BADIIY MAHORAT MUAMMOSI: XARAKTER, SYUJET VA TALQIN MEZONLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Matyoqub Qo‘shjonov, adabiy tanqid, badiiy mahorat, xarakter, syujet, kompozitsiya, konflikt, detal, psixologizm, talqin, individual uslub.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada taniqli adabiyotshunos va munaqqid Matyoqub Qo‘shjonov ilmiy merosida badiiy mahorat masalasining qo‘yilishi hamda talqin tamoyillari o‘rganiladi. Olimning Oybek, Abdulla Qodiriy va Abdulla Qahhor ijodiga bag‘ishlangan tadqiqotlari asosida xarakter yaratish, syujet va kompozitsiya, konflikt, badiiy detal, psixologik tasvir va individual uslub masalalariga doir qarashlari tahlil qilinadi. Qo‘shjonovning mahoratni mavhum nazariy tushuncha emas, balki badiiy matnning ichki tizimida namoyon bo‘ladigan estetik sifat sifatida baholashi yoritiladi. Shuningdek, uning tahlil metodining bugungi adabiyotshunoslik va filologik ta’limdagi metodologik ahamiyati ko‘rsatib beriladi.
References
1. Nazarov B., Rasulov A., Qahramonov Q., Ahmedova Sh. O‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixi: darslik. – Toshkent: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012. – 432 b.
2. Qo‘shjonov M. Abdulla Qahhor mahorati: monografiya. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1988. – 232 b.
3. Qo‘shjonov M. Abdulla Qodiriyning tasvirlash san’ati. – Toshkent: Fan, 1966.
4. Qo‘shjonov M. Oybek mahorati. – Toshkent: Badiiy adabiyot nashriyoti, 1965.
5. Qo‘shjonov M., Normatov U. Mahorat sirlari. – Toshkent, 1968.
6. Qo‘shjonov M. Saylanma. 2-jild. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1983