MISR HUKUMDORI RAMZES II

Mualliflar

  • Abdulboqiyeva Mahliyo Odiljon qizi ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Ramzes II O’rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlarni bosib olish uchun Kichik Osiyodagi xettlar bilan qattiq va uzliksiz kurash olib boradi. U mil.avv. 1296-yilda bo’lib o’tgan jangda xettlardan yengilib asir tushishiga oz qoladi. Miloddan avvalgi 1290-1280-yillar orasida Misr bilan Xett davlati o’rtasida qonli janglar bo’lib o’tadi. Urushgda goh Xett, goh Misr qo’shinlari g’olib chiqqach nihoyat mil.avv. 1280-yilda Ramzes II bilan Xet podshosi Xettusili III o’rtasida tinchlik va do’stlik bitimi tuziladi.

Annotatsiya

Seti I vafotidan so’ng Misr taxtiga uning o’gli Ramzes II (mil.avv.1290-1224) o’tiradi. Ramzes II o’zining bobosi buyuk fir’avn Ramzes I sharafiga nomlangan bo’lib, Ramzes II taxtga o’tirganda 5 yoshda edi. Yosh valiahd shahzoda sifatida u otasiga harbiy yurishlarda hamrohlik qilgan. Shunday qilib, unda yetakchilik  va sarkadalik qobiliyatlari shakllanadi. 22 yoshda u Misr qo’shiniga qo’mondon sifatida rahbarlik qilgan. U Misr tarixida Meriamon – “Amonning sevimli fir’avni” nomi bilan mashhur bo’lgan. Ramzes II mamlakatda 66 yil podsholik qilib, mamlakat obodonchiligiga katta e’tibor bergan. Ramzes II davrida yangi yerlar o’zlashtiriladi, yangi-yangi kanallar qazilib, to’g’on va suv omborlari barpo etiladi, sug’orish tarmoqlari kengaytirilib, dehqonchilik rivoj topadi. Nil daryosi kanallaridan suv olib yuqoriga chiqariladigan shaduf va charxpalaklar takomillashtirilgan.

##submission.citations##

1. Kabirov R. Qadimgi Sharq tarixi. –T.: Tafakkur, 2016 –366 b.

2. Rajabov R. Qadimgi dunyo tarixi (Sharq, Yunoniston, Rim). –T.: Fan va texnologiyalar, 2009 –440 b.

3 Ancient Egypt: From Prehistory to the Islamic Conquest / ed. by K. Kuiper. New York, 2011. —208 P.

##submissions.published##

2026-10-28