O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI BANK XIZMATLARINING MOLIYAVIY SAMARADORLIKKA TA’SIRI: IPAK YO’LI BANKI MISOLIDA.

Mualliflar

  • Muhammadiyev Kamoliddin G’ulomiddinovich ##default.groups.name.author##
  • Abdullayeva E’zoza Jamshid qizi ##default.groups.name.author##

##semicolon##

raqamli bank xizmatlari, tijorat banklari, raqamli transformatsiya, moliyaviy samaradorlik, mobil banking, internet-banking, bank daromadlari, operatsion xarajatlar, rentabellik, Ipak Yo‘li banki

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida raqamli bank xizmatlarining rivojlanishi va ularning moliyaviy samaradorlikka ta’siri o‘rganilgan. Xususan, raqamli bank xizmatlari, mobil banking va internet-banking tizimlarining bank faoliyatidagi o‘rni, operatsion xarajatlarni optimallashtirish hamda daromadlarni oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida tijorat banklarining moliyaviy samaradorligini baholashda sof foyda, aktivlar rentabelligi, kapital rentabelligi va xarajatlarning daromadlarga nisbati kabi ko‘rsatkichlardan foydalanish masalalariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, “Ipak Yo‘li” banki misolida raqamli xizmatlarni rivojlantirishning moliyaviy natijalarga ta’sirini baholashga yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari asosida tijorat banklarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish va moliyaviy samaradorlikni yaxshilashga qaratilgan takliflar ishlab chiqish nazarda tutilgan.

##submission.citations##

1. Kholdorov S., Yuldoshev I. Econometric Analysis of Assessing the Impact of Bank Activity Transformation on Operational Efficiency in the Context of Digital Technologies // Journal of International Economics Research. – 2025

2. Basel Committee on Banking Supervision. Digitalisation of Finance. Bank for International Settlements, 2024. – Rasmiy sayt: https://www.bis.org/bcbs/

3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Bank tizimi faoliyati ko‘rsatkichlari va statistik ma’lumotlar. – Rasmiy sayt: https://cbu.uz/uz/statistics/.

4. Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki. 2023–2025-yillar yillik va moliyaviy hisobotlari. – https://ipakyulibank.uz

5. IFRS Foundation. International Financial Reporting Standards (IFRS 9 – Financial Instruments). – https://www.ifrs.org/

6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Bank tizimi statistikasi va yillik hisobotlari. – https://cbu.uz/uz/

##submissions.published##

2026-11-07