“DEVONU LUG‘OTIT TURK”DAGI MAQOL VA HIKMATLARDA MEHNAT TARBIYASI: MILLIY PEDAGOGIK QADRIYATLARNING AKSI
Keywords:
Mahmud Koshg‘ariy, “Devonu lug‘otit turk”, mehnat tarbiyasi, milliy pedagogik qadriyatlar, xalq pedagogikasi, maqol, hikmat, mehnatsevarlik, kasb-hunar, halol mehnat, tarbiya, ma’naviy-axloqiy tarbiya.Abstract
Mazkur maqolada Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridagi maqol, hikmat va pand-nasihatlarda mehnat tarbiyasining ifodalanishi tahlil qilinadi. Asarda mehnat, halol rizq, hunar, tirishqoqlik, sabr-toqat, mas’uliyat, hamkorlik va mehnatsevarlik milliy pedagogik qadriyatlar sifatida yoritilgan. Tadqiqotda mazmuniy-semantik, qiyosiy-tarixiy va pedagogik tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar mehnatning nafaqat iqtisodiy faoliyat, balki insonning ma’naviy-axloqiy kamolotini ta’minlovchi muhim tarbiya vositasi ekanini ko‘rsatdi. Mazkur qarashlar zamonaviy ta’limda o‘quvchilarda mehnatsevarlik, kasb-hunarga hurmat, mas’uliyat va mustaqillikni shakllantirishda muhim manba bo‘la oladi.
References
1. Koshg‘ariy M. Devonu lug‘otit turk. Uch tomlik. Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S. Mutallibov. – Toshkent: Fan, 1960–1963.
2. Abdurahmonov G‘., Rustamov H. Qadimgi turkiy til. – Toshkent: O‘qituvchi, 1982.
3. Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1976.
4. Yo‘ldoshev Q., Yo‘ldosheva M. Badiiy tahlil asoslari. – Toshkent: Kamalak, 2016.
5. Hasanboyev J., To‘raqulov X., Haydarov M., Hasanboyeva O. Pedagogika. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2011.
6. Mavlonova R., To‘rayeva O., Holiqberdiyev K. Pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2008.
7. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: Fan, 2006.
8. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
9. Qosimov B. va boshqalar. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.