MAKTABGACHA VA KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNI LOGOPEDIK TEKSHIRISH
Keywords:
logopedik tekshirish alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab,, nutq nuqsonlari, artikulyatsiya, fonematik eshitish, nutqni tushunish, tovushlar talaffuzi, lug‘at boyligi, grammatik qurilish, dislaliya, dizartriya, rinolaliya, motor alaliya, korreksion ta’lim.Abstract
Ushbu maqolada bolalarni alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabga saralash jarayonida logopedik tekshirishning muhim o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Bolaning nutqiy rivojlanishini to‘g‘ri baholash, nutq nuqsonlarining sabab va xususiyatlarini aniqlash hamda intellekti saqlangan, biroq birlamchi nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarni noto‘g‘ri ravishda yordamchi maktabga yo‘naltirishning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada artikulyatsiya a’zolarining tuzilishi va harakatchanligini tekshirish, nutqni tushunish, fonematik eshitish, tovushlar talaffuzi, lug‘at boyligi va grammatik qurilishni baholash usullari bayon etilgan. Shuningdek, tekshirish natijalarini tahlil qilish orqali dislaliya, dizartriya, rinolaliya va motor alaliya kabi nutq buzilishlarini aniqlash hamda ularni bir-biridan farqlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Logopedik tekshirish natijalari bolaning individual imkoniyatlarini aniqlash, unga mos ta’lim yo‘nalishini belgilash va samarali korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
1. Psixologo-mediko-pedagogicheskoe obsledovanie detey doshkolnogo i mladshego shkolnogo vozrasta. Avtory-sostaviteli: R.K. Aytzhanova, R.A. Sulaymenova, A.K. Yersarina va boshq. — Almati, 2000-y.
2. Diagnostika psixicheskogo razvitiya v rannem detstve. Avtory-sostaviteli: R.K. Aytzhanova, R.A. Sulaymenova, A.K. Yersarina va boshq. — Almati, 2000-y.
3. Otbor detey v spetsialnye doshkolnye uchrezhdeniya. — M., 1972. Tuzuvchilar: T.A. Vlasova, K.S. Lebedinskaya, V.F. Machixina.
4. Psixologo-pedagogicheskaya diagnostika. I.Yu. Levchenko va S.D. Zabramnaya tahriri ostida. — M.: ACADEMA, 2005-y.
5. Venger A.A., Vygodskaya G.L., Leonhard E.I. Otbor detey v spetsialnye doshkolnye uchrezhdeniya. — M.: Prosveshchenie, 1972-y.