TO’LQIN JABBOROV TAJRIBALI RAXBAR VA FIDOYI DAVLAT ARBOBI
Ключевые слова:
Mazkur maqolada Toʻlqin Otaxonovich Jabborovning hayot yoʻli, davlat va jamoat arbobi sifatidagi faoliyati, Namangan viloyati rivojiga qoʻshgan hissasi hamda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. To‘lqin Otaxonovich Jabborov O‘zbekistonning tajribali davlat va jamoat arboblaridan biri bo‘lib, u 1950-yilda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Mehnatsevarligi, tashkilotchilik qobiliyati va mas’uliyatli rahbar sifatidagi fazilatlari tufayli davlat boshqaruvi tizimida yuqori lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan. 1996–2004-yillarda Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlagan To‘lqin Jabborov viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdi.Аннотация
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan davlat va jamoat arboblarining hayoti hamda faoliyatini oʻrganish, ularning boy amaliy tajribasini yoritish va kelajak avlodga yetkazish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi turmush darajasini yuksaltirish hamda keng koʻlamli bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda fidokorona mehnat qilgan rahbarlarning xizmatlarini ilmiy asosda tadqiq etish mamlakatimizning yaqin tarixini xolis yoritishga xizmat qiladi. Namangan viloyati mustaqillik yillarida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan jadal rivojlangan hududlardan biri hisoblanadi. Bu taraqqiyotda turli davrlarda faoliyat yuritgan rahbarlarning tashabbuskorligi, tashkilotchilik salohiyati va uzoqni koʻra bilish qobiliyati muhim omil boʻldi. Ana shunday rahbarlardan biri Toʻlqin Otaxonovich Jabborov boʻlib, u viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, shaharsozlik, infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish hamda aholi farovonligini oshirish yoʻlida samarali mehnat qildi.
Библиографические ссылки
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2023.
2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2021.
3. Karimov I.A. Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2008.
4. Namangan viloyati hokimligi arxivi. Toʻlqin Otaxonovich Jabborov faoliyatiga oid hujjatlar va materiallar.