MISR HUKUMDORI RAMZES II
Keywords:
Ramzes II O’rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlarni bosib olish uchun Kichik Osiyodagi xettlar bilan qattiq va uzliksiz kurash olib boradi. U mil.avv. 1296-yilda bo’lib o’tgan jangda xettlardan yengilib asir tushishiga oz qoladi. Miloddan avvalgi 1290-1280-yillar orasida Misr bilan Xett davlati o’rtasida qonli janglar bo’lib o’tadi. Urushgda goh Xett, goh Misr qo’shinlari g’olib chiqqach nihoyat mil.avv. 1280-yilda Ramzes II bilan Xet podshosi Xettusili III o’rtasida tinchlik va do’stlik bitimi tuziladi.Abstract
Seti I vafotidan so’ng Misr taxtiga uning o’gli Ramzes II (mil.avv.1290-1224) o’tiradi. Ramzes II o’zining bobosi buyuk fir’avn Ramzes I sharafiga nomlangan bo’lib, Ramzes II taxtga o’tirganda 5 yoshda edi. Yosh valiahd shahzoda sifatida u otasiga harbiy yurishlarda hamrohlik qilgan. Shunday qilib, unda yetakchilik va sarkadalik qobiliyatlari shakllanadi. 22 yoshda u Misr qo’shiniga qo’mondon sifatida rahbarlik qilgan. U Misr tarixida Meriamon – “Amonning sevimli fir’avni” nomi bilan mashhur bo’lgan. Ramzes II mamlakatda 66 yil podsholik qilib, mamlakat obodonchiligiga katta e’tibor bergan. Ramzes II davrida yangi yerlar o’zlashtiriladi, yangi-yangi kanallar qazilib, to’g’on va suv omborlari barpo etiladi, sug’orish tarmoqlari kengaytirilib, dehqonchilik rivoj topadi. Nil daryosi kanallaridan suv olib yuqoriga chiqariladigan shaduf va charxpalaklar takomillashtirilgan.
References
1. Kabirov R. Qadimgi Sharq tarixi. –T.: Tafakkur, 2016 –366 b.
2. Rajabov R. Qadimgi dunyo tarixi (Sharq, Yunoniston, Rim). –T.: Fan va texnologiyalar, 2009 –440 b.
3 Ancient Egypt: From Prehistory to the Islamic Conquest / ed. by K. Kuiper. New York, 2011. —208 P.